O‘zbekiston U-23 terma jamoasining Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan tarkibi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Bosh murabbiy Ravshan Haydarov musobaqada ishtirok etadigan 23 nafar futbolchi ro‘yxatini e’lon qildi. Tarkibdan Belgiyaning “Antverpen” klubida faoliyat yuritayotgan Muhammadali O‘rinboyev ham o‘rin olgan.
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo o‘yinlarining guruh bosqichida Filippin, Quvayt va Vetnam terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
O‘zbekistonlik futbolchilar musobaqadagi ilk uchrashuvini 15-sentabr kuni Filippinga qarshi o‘tkazadi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 2023-yilda Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tkazilgan XIX Osiyo o‘yinlarida bronza medalini qo‘lga kiritgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!