$
11785.30 UZS
-9.7
136.13 UZS
0.33
13695.70 UZS
-3.01
31° Kechasi 18°

O‘zbekistonda qamalganlar soni 22 foizga oshdi

11:57 / 07.09.2026

O‘zbekistonda 2026-yilning birinchi yarmida sudlar tomonidan ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanganlar soni 22 foizga oshdi. Bu haqda Oliy sud ma’lum qildi.

Yanvar–iyun oylarida mamlakat sudlari tomonidan 11 ming 703 nafar shaxs ozodlikdan mahrum qilingan. O‘tgan yilning mos davrida bu ko‘rsatkich 9 ming 570 nafarni tashkil etgan. Shunday qilib, joriy yilda qamoq jazosiga hukm qilinganlar soni 2 ming 133 nafarga ko‘paygan.

Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida qayd etilgan — 2 030 nafar. Keyingi o‘rinlarda Farg‘ona viloyati 1 462 nafar va Toshkent viloyati 1 452 nafar bilan qayd etilgan. Eng kam ko‘rsatkich Qoraqalpog‘istonda bo‘lib, bu yerda 317 nafar shaxs ozodlikdan mahrum qilingan.

Hisobot davrida Toshkent shahrida ikki nafar shaxsga umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Ozodlikdan mahrum qilinganlar orasida 179 nafari qasddan odam o‘ldirish, 1 376 nafari qasddan badanga og‘ir yoki o‘rtacha og‘irlikdagi tan jarohati yetkazish, 1 789 nafari bezorilik, 5 788 nafari esa giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlar uchun sudlangan.

Shuningdek, 2026-yilning birinchi yarmida korrupsiyaga oid jinoyatlar bo‘yicha 3 605 nafarga yaqin shaxs sudlangan. Ularning 779 nafari ozodlikdan mahrum qilingan, 614 nafariga jarima, 1 479 nafariga axloq tuzatish ishlari va 711 nafariga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

O‘zbekiston

														O‘zbekistondan ko‘chib ketuvchilar soni kamaydi

2026-yilning yanvar–iyun oylarida 5 422 nafar O‘zbekiston fuqarosi doimiy yashash maqsadida xorijiy davlatlarga ko‘chib ketg…
12:43 / 07.09.2026

														O‘zbekistonda qamalganlar soni 22 foizga oshdi

O‘zbekistonda qamalganlar soni 22 foizga oshdi

O‘zbekistonda 2026-yilning birinchi yarmida sudlar tomonidan ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanganlar soni 22 foizga o…
11:57 / 07.09.2026

														Chorvoqda cho‘kib ketgan ota va ikki o‘g‘ilni qidirish ishlari davom etmoqda

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Chorvoq suv omborida cho‘kib ketgan ota va uning ikki o‘g‘lini qidirish ishlari davo…
09:38 / 07.09.2026

														Avgustda O‘zbekistonga mol go‘shti importi 23 foizga oshdi

2026-yil avgust oyida O‘zbekistonga 85,6 mln dollar qiymatidagi 21 ming tonna mol go‘shti import qilindi. Bu haqda Bojxona q…
09:35 / 07.09.2026

														O‘zbekistonda bitiruvchilari eng yuqori natija ko‘rsatgan 20 ta oliygoh aniqlandi

O‘zbekistonda “Bitiruvchilar sifati indeksi” natijalariga ko‘ra, eng yuqori ko‘rsatkich qayd etgan 20 ta oliy ta’lim muassas…
13:01 / 06.09.2026

														Toshkentda maktab avtobuslariga ehtiyoj o‘rganilmoqda

Toshkent shahrida o‘quvchilarning maktabga qanday qatnashi va maktab avtobuslariga ehtiyoj mavjudligi o‘rganilmoqda. Bu haqd…
12:51 / 06.09.2026

														16 yoshga to‘lmaganlar homiladorligi haqida xabar bermaganlar jarimaga tortilishi mumkin

O‘zbekistonda erta nikoh, 16 yoshga to‘lmaganlarning homiladorligi va tug‘ishi bilan bog‘liq holatlar haqida tegishli organl…
10:57 / 06.09.2026

														“Tolibon” soqol kalta olingani sabab 12 ta sartaroshxonani yopdi

Afg‘onistonning Zobul viloyati Qalat shahrida “Tolibon” bir hafta davomida 12 ta sartaroshxonani yopdi. Bunga sartaroshxonal…
09:39 / 06.09.2026

														O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Serbiyada bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning taklifiga binoa…
15:25 / 05.09.2026

														Hisob palatasiga yangi rais tayinlandi

Hisob palatasiga yangi rais tayinlandi

Bugun, 5-sentabr kuni Alisher Bahodirovich Samadov O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi lavozimiga tayinlandi.
10:29 / 05.09.2026

Bu ham qiziq

O‘zbekistondan ko‘chib ketuvchilar soni kamaydi

O‘zbekistondan ko‘chib ketuvchilar soni kamaydi

2026-yilning yanvar–iyun oylarida 5 422 nafar O‘zbekiston fuqarosi doimiy yashash maqsadida xorijiy davlatlarga ko‘chib ketg…
12:43 / 07.09.2026
Avgustda O‘zbekistonga mol go‘shti importi 23 foizga oshdi

Avgustda O‘zbekistonga mol go‘shti importi 23 foizga oshdi

2026-yil avgust oyida O‘zbekistonga 85,6 mln dollar qiymatidagi 21 ming tonna mol go‘shti import qilindi. Bu haqda Bojxona q…
09:35 / 07.09.2026
Isroillik vazir G‘azo aholisini ko‘chirish rejasini taqdim etdi

Isroil milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir kelgusi yetti yil ichida G‘azo sektoridagi 2 milliondan ortiq falastinlikni …
14:24 / 04.09.2026
Tarixda ilk bor cho‘chqa buyragi inson tanasida 271 kun ishladi

AQShda genetik jihatdan o‘zgartirilgan cho‘chqadan ko‘chirib o‘tkazilgan buyrak inson organizmida 271 kun davomida faoliyat …
14:30 / 04.09.2026
Messi beva jurnalistga og‘ir kunlarni yengib o‘tishda yordam bergani ma’lum bo‘ldi

Argentina terma jamoasidan ketganini e’lon qilgan Lionel Messiga jurnalist Veronika Brunati ta’sirli maqola orqali minnatdor…
14:07 / 04.09.2026
O‘zbekistonda bitiruvchilari eng yuqori natija ko‘rsatgan 20 ta oliygoh aniqlandi

O‘zbekistonda bitiruvchilari eng yuqori natija ko‘rsatgan 20 ta oliygoh aniqlandi

O‘zbekistonda “Bitiruvchilar sifati indeksi” natijalariga ko‘ra, eng yuqori ko‘rsatkich qayd etgan 20 ta oliy ta’lim muassas…
13:01 / 06.09.2026
Chorvoqda cho‘kib ketgan ota va ikki o‘g‘ilni qidirish ishlari davom etmoqda

Chorvoqda cho‘kib ketgan ota va ikki o‘g‘ilni qidirish ishlari davom etmoqda

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Chorvoq suv omborida cho‘kib ketgan ota va uning ikki o‘g‘lini qidirish ishlari davo…
09:38 / 07.09.2026
Way II investorlariga dividendlar to‘lab berildi

3-sentabr kuni Akfa Aluminium Group kompaniyasiga investitsiya kiritgan Way II hamkorlariga 2026-yilning birinchi yarim yill…
14:50 / 04.09.2026
O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Serbiyada bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Serbiyada bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning taklifiga binoa…
15:25 / 05.09.2026
Glinka ko‘chasidagi portlash sababi ma’lum bo‘ldi

Toshkent shahrining Glinka ko‘chasida yuz bergan avariyaga yerosti gaz quvuridan sizib chiqqan gaz sabab bo‘lgani aniqlandi.…
14:01 / 04.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!