O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, 9–12-mart kunlari O‘zbekiston hududiga sovuq va nam havo massalari kirib keladi. 9–11-mart kunlari respublika bo‘ylab vaqt-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin) kuzatiladi. Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir va qor) bo‘lib, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin.
Respublika bo‘ylab shamol tezligi 15–20 m/s gacha kuchayishi, ayrim hududlarda esa shamol tezligi 22–25 m/s gacha yetgan kuchli shamol bo‘lishi mumkin.
10–12-mart kunlari havo harorati pasayishi kutilmoqda: respublika shimolida kechasi -7…-10°, kunduzi 0…-3° gacha bo‘ladi. Qolgan hududlarda esa 11–12-mart kunlari kechasi 0…-3°, kunduzi +2…+5° atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!