O‘zbekistonga import qilingan mobil telefonlar soni 2026-yilning yanvar–avgust oylarida 3,26 million donani tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 527,2 ming donaga yoki 19,2 foizga ko‘p. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Hisobot davrida mamlakatga jami qiymati 653,5 million dollarlik mobil telefonlar olib kirilgan. Shunday qilib, bitta qurilmaning o‘rtacha import qiymati qariyb 200 dollarni tashkil etgan.
2025-yilning yanvar–avgust oylarida esa O‘zbekistonga 305,7 million dollarga 2,73 million dona mobil telefon import qilingan. O‘shanda bir dona qurilmaning o‘rtacha import qiymati 111,7 dollar bo‘lgan.
Shu tariqa, joriy yilning sakkiz oyida import qilingan telefonlarning o‘rtacha qiymati o‘tgan yilga nisbatan 88,3 dollarga yoki qariyb 79 foizga oshgan.
O‘zbekistonga mobil telefonlarni eng ko‘p yetkazib berayotgan davlat Xitoy bo‘lib qolmoqda. Qurilmalar, shuningdek, Vyetnam, Hindiston, Janubiy Koreya va boshqa mamlakatlardan import qilinmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!