$
11795.00 UZS
-18.09
135.80 UZS
0.19
13698.71 UZS
21.51
31° Kechasi 18°

Pentagon harbiylar uchun testosteron tekshiruvini vaqtincha bekor qildi

09:27 / 04.09.2026

AQSh Mudofaa vazirligi 30 yosh va undan katta harbiy xizmatchilarda testosteron yetishmovchiligini majburiy tekshirishni nazarda tutuvchi yangi klinik qo‘llanmani vaqtincha bekor qildi.

Pentagon mazkur qo‘llanmani 2-sentabr kuni e’lon qilgan edi. Biroq oradan bir kun o‘tib, hujjat hamda vazirlik matbuot kotibi Shon Parnellning unga hamroh bayonoti rasmiy saytdan olib tashlandi.

AQSH rasmiysi qo‘llanma “yangilanishlar kiritish uchun vaqtincha bekor qilinganini” ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozircha avvalgi vaqtinchalik ko‘rsatmalar amalda qoladi.

Yangi qoidalar faol xizmatdagi va zaxiradagi 30 yoshdan katta harbiy xizmatchilarni har yilgi tibbiy ko‘rik doirasida testosteron yetishmovchiligi bo‘yicha tekshirishni nazarda tutgan edi. Hujjatda testosteron darajasining pastligi harbiy xizmatchilarning jismoniy bardoshi va jangovar tayyorgarligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi qayd etilgan.

Qo‘llanmaga ko‘ra, erkak harbiylar dastlab maxsus so‘rovnomadan o‘tkazilishi, zarurat tug‘ilganda esa qon tahlili orqali testosteron darajasi tekshirilishi kerak edi. Testosteron yetishmovchiligi aniqlangan holatlarda gormonal davolash masalasi ham ko‘rib chiqilishi belgilangan.

Ayol harbiylar uchun esa tekshiruv gormonal o‘zgarishlar bilan bog‘liq holatlar, jumladan, charchoq va hayz siklidagi o‘zgarishlarni baholashni o‘z ichiga olgan. Gormonal terapiya faqat muayyan tibbiy holatlarda tavsiya etilishi ko‘zda tutilgan.

Mazkur tashabbus AQSH Mudofaa vaziri Pit Xegset tomonidan ilgari surilgan edi. Uning asosiy maqsadi harbiy xizmatchilar salomatligini yaxshilash orqali qo‘shinlarning jangovar tayyorgarligini oshirish ekani ta’kidlangan.

Biroq yangi tartib tibbiyot mutaxassislari tomonidan tanqid qilindi. Ayrim ekspertlarning fikricha, 30 yoshdan katta barcha harbiy xizmatchilarni testosteron yetishmovchiligi bo‘yicha majburiy tekshirish zarurati yetarlicha ilmiy asoslanmagan.

Mutaxassislar, shuningdek, testosteron terapiyasidan ortiqcha foydalanish yurak-qon tomir tizimi bilan bog‘liq muammolar va bepushtlik kabi xavflarni keltirib chiqarishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Shu bilan birga, ayrim shifokorlar yangi yondashuvni qo‘llab-quvvatladi. Ularning ta’kidlashicha, testosteron va boshqa gormonlar bilan bog‘liq muammolarni erta aniqlash harbiy xizmatchilarda ayrim kasalliklarni o‘z vaqtida aniqlash va davolashga yordam berishi mumkin.

AQSH Oziq-ovqat va dori vositalari boshqarmasi (FDA) sentabr oyining o‘rtalarida testosterondan tibbiy maqsadlarda foydalanish masalasini muhokama qilish uchun yig‘ilish o‘tkazishi kutilmoqda.

Pentagon yangi klinik qo‘llanma qachon qayta e’lon qilinishi yoki unga qanday o‘zgartirishlar kiritilishi haqida hozircha aniq ma’lumot bermagan.



														
														Pentagon harbiylar uchun testosteron tekshiruvini vaqtincha bekor qildi

Pentagon harbiylar uchun testosteron tekshiruvini vaqtincha bekor qildi

AQSh Mudofaa vazirligi 30 yosh va undan katta harbiy xizmatchilarda testosteron yetishmovchiligini majburiy tekshirishni naz…
09:27 / 04.09.2026

														
														"Bunyodkor" klubiga 5 milliard so‘m ajratildi

"Bunyodkor" klubiga 5 milliard so‘m ajratildi

Qayd etilishicha, mablag‘ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-martdagi PQ-107-sonli "Sport sohasini moliyala…
18:08 / 01.08.2026

														
														“Menga hurmatsizlik qilmang” – Messi

“Menga hurmatsizlik qilmang” – Messi

Messi portugaliyalik hakamga e’tiroz bildirdi.
17:03 / 12.07.2026

														
														Rio Olimpiadasi chempioni YTHdan so‘ng mast holda ushlandi

Rio Olimpiadasi chempioni YTHdan so‘ng mast holda ushlandi

2016 yilgi Olimpiya chempioni, qozog‘istonlik bokschi Daniyar Yeleusinov Ostona shahrida mast holda avtomobil boshqarib, ikk…
10:11 / 10.07.2026

														
														FIFA Balogunni 40 ming dollar jarimaga tortdi

FIFA Balogunni 40 ming dollar jarimaga tortdi

FIFA Intizom qo‘mitasi AQSH milliy terma jamoasi hujumchisi Folarin Balogunni Jahon chempionati 1/8 finalida Bosniya va Gers…
10:40 / 07.07.2026

														
														Ronaldu jahon chempionatlari pley-off bosqichidagi ilk golini urdi

Ronaldu jahon chempionatlari pley-off bosqichidagi ilk golini urdi

Ronalduning Jahon chempionatlarida kiritgan umumiy hisobdagi gollari soni 11 tani tashkil qilmoqda.
16:50 / 03.07.2026

														
														The Ring reytingi yangilandi: Madrimov to‘rtinchi pog‘onada

The Ring reytingi yangilandi: Madrimov to‘rtinchi pog‘onada

Yangilangan The Ring reytingida Isroil Madrimov o‘z o‘rnini saqlab qoldi.
16:52 / 01.07.2026

														
														Turkiyaning TOP klubi Shomurodovga qiziqish bildirmoqda

Turkiyaning TOP klubi Shomurodovga qiziqish bildirmoqda

O‘zbekiston terma jamoasi va “Istanbul Bashakshehir” hujumchisi Eldor Shomurodovga Turkiyaning boshqa futbol klublari qiziqi…
16:31 / 26.06.2026

														
														“Shunday kunlar keladiki, hali Portugaliya O‘zbekistondan qo‘rqib maydonga tushadigan bo‘ladi” – Ravshan Ermatov

“Shunday kunlar keladiki, hali Portugaliya O‘zbekistondan qo‘rqib maydonga tushadigan bo‘ladi” – Ravshan Ermatov

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov Portugaliyaga qarshi uchrashuvdagi yirik hisobl…
17:05 / 24.06.2026

														
														Husanov Mbappeni ortda qoldirdi

Husanov Mbappeni ortda qoldirdi

Abduqodir Husanov tezlik bo‘yicha Kilian Mbappeni ortda qoldirdi.
15:55 / 21.06.2026

Bu ham qiziq

Belgiyada Isroil klubi ishtirokidagi Yevropa Ligasi o‘yiniga ruxsat berilmadi

Belgiyada Isroil klubi ishtirokidagi Yevropa Ligasi o‘yiniga ruxsat berilmadi

Belgiyaning Lyoven shahri meri Muhammad Riduani “Den Dref” stadionida Bryusselning “Yunion” va Isroilning “Xapoel” (Beer-She…
14:59 / 02.09.2026
Farg‘ona va Namanganda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi fosh etildi

Farg‘ona va Namanganda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi fosh etildi

DXX Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari Ichki ishlar va Bojxona organlari bilan hamkorlikda Qo‘qon shahrida giy…
10:32 / 04.09.2026
Qozog‘istonga kirish uchun pulli elektron ruxsatnoma - vaziyat haqida nimalar ma’lum?

Qozog‘istonga kirish uchun pulli elektron ruxsatnoma - vaziyat haqida nimalar ma’lum?

Internetda noyabr oyidan boshlab, vizasiz mamlakatlar fuqarolari uchun Qozog‘istonga kirishga pulli elektron ruxsatnoma jori…
18:35 / 02.09.2026
3-sentyabrda dollar kursi tushadi!

3-sentyabrda dollar kursi tushadi!

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 3 sentyabr kuni amalda bo‘ladigan qiy…
18:06 / 02.09.2026
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Bishkekdagi ShHT Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishidagi nutqidan asosiy fikrlari

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Bishkekdagi ShHT Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishidagi nutqidan asosiy fikrlari

O‘tgan 25 yil davomida ShHT teng huquqli muloqotni ta’minladi, mintaqaviy barqarorlik va mamlakatlarimizning barqaror rivojl…
20:40 / 01.09.2026
“Ukraina mudofaasi uchun 27 milliard dollar yetishmayapti” — Yevgeniy Xmara

“Ukraina mudofaasi uchun 27 milliard dollar yetishmayapti” — Yevgeniy Xmara

Ukrainada mudofaani moliyalashtirish uchun 27 milliard dollar miqdorida mablag‘ taqchilligi yuzaga kelgan. Bu haqda Ukraina …
00:09 / 31.08.2026
10 ming dollargacha naqd valyutani deklaratsiyasiz olib chiqish mumkin bo‘ladi.

10 ming dollargacha naqd valyutani deklaratsiyasiz olib chiqish mumkin bo‘ladi.

O‘zbekiston hududini tark etayotgan jismoniy shaxslar deklaratsiya to‘ldirmasdan olib chiqib ketishi mumkin bo‘lgan naqd val…
18:21 / 02.09.2026
AQSh sudi Trampning tug‘ilish orqali fuqarolikni cheklash haqidagi qarorini to‘xtatdi

AQSh sudi Trampning tug‘ilish orqali fuqarolikni cheklash haqidagi qarorini to‘xtatdi

AQSH federal sudyasi Donald Tramp ma’muriyatining tug‘ilish orqali fuqarolik olish huquqini cheklashga qaratilgan yangi farm…
09:36 / 04.09.2026
Nepalda kuchli ko‘chki va sel oqibatida 1 127 kishi halok bo‘ldi

Nepalda kuchli ko‘chki va sel oqibatida 1 127 kishi halok bo‘ldi

Nepalning shimoliy hududlarida yuz bergan kuchli ko‘chki va undan kelib chiqqan sel oqibatida halok bo‘lganlar soni 1 127 na…
09:28 / 02.09.2026
4-sentyabr kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

4-sentyabr kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Toshkent viloyati, Andijon, Namangan hamda Farg‘ona viloyatlarida ham yog‘ingarchilik kutiladi.
17:26 / 03.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!