DXX Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari Ichki ishlar va Bojxona organlari bilan hamkorlikda Qo‘qon shahrida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazdi.
Muqaddam sudlangan 44 yoshli fuqaroning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, yerto‘lasidan 782 dona “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari aniqlandi.
Boshqa bir fuqaroning yashash xonadonida 758 gramm “gashish” moddasi, giyohvandlik vositalari qoldiqlari bo‘lgan 6 dona pichoq hamda 4 dona elektron tarozi borligi aniqlanib, belgilangan tartibda ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.
DXX Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Ichki ishlar va Bojxona organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida “Farg‘ona – Namangan” yo‘nalishida harakatlanayotgan “Lasetti” rusumli avtomashina Namangan tumani hududida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi.
Natijada, Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida yashovchi, 1998-yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi avtomashina salonidan 465 gramm “gashish” moddasi ashyoviy dalil sifatida olindi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bizni boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating:
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!