Prezident Shavkat Mirziyoyev energetika sohasidagi investorlar bilan muloqotda yangi elektr stansiyalari bilan bir qatorda elektr energiyasini iste’molchilarga yetkazib beruvchi tarmoqlarni ham rivojlantirish zarurligini ta’kidladi. Generatsiya, uzatish va energiya saqlash tizimlari o‘zaro bog‘liq holda ishlashi kerakligi qayd etildi.
Hozirda Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlaridagi elektr energiyasiga bo‘lgan talabning bir qismi boshqa hududlarda ishlab chiqarilgan elektr hisobidan qoplanmoqda. Yangi sanoat zonalari va yirik korxonalarning ishga tushirilishi tarmoqlarga tushadigan yuklamani yanada oshirishi kutilmoqda.
Sun’iy intellekt va data-markazlar elektr energiyasiga talab tez o‘sayotgan yo‘nalishlar sifatida qayd etildi. Ular uchun yer maydonlari, elektr tarmoqlariga ulanish imkoniyatlari hamda «yashil» energiya manbalari mavjud hududlar oldindan belgilanadi.
Shuningdek, har bir yirik data-markazda asosiy va zaxira elektr ta’minoti, energiya saqlash hamda sovitish tizimlari birgalikda rejalashtiriladi. Investorlar elektr energiyasi va suv resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlaydigan yechimlarni taklif etishi kutilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!