Istanbul shahrida O‘zbekiston vakili Najmiddin Bilol Erdo‘g‘an bilan birgalikda Ibn Xaldun universiteti va “Yenidogu” maktabiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida ta’lim muassasalarining o‘qitish uslublari bilan tanishilib, o‘zaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Tashrif chog‘ida ta’lim sifati, yoshlarning iqtidorini rivojlantirish va ularda mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan yondashuvlarga e’tibor qaratildi.
Uchrashuvlarda ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, tajriba almashish, maktab o‘quvchilari, talabalar va pedagoglar uchun yangi imkoniyatlar yaratish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Ta’lim sohasi O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi hamkorlikning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Tomonlar ushbu sohadagi aloqalarni rivojlantirish orqali yoshlarning bilim va dunyoqarashini kengaytirish hamda ikki xalq o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni mustahkamlashni ko‘zlamoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!