Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida baliqxona va savdo do‘konida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ikki holat bo‘yicha jami 1 milliard 489 million so‘mlik zarar hisoblangan. Bu haqda “Hududgazta’minot” AJ xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona viloyati gaz ta’minoti filiali komplayens nazorati tuzilmalari va hamkor tashkilotlar ishtirokida tezkor tadbir o‘tkazgan. Tadbir davomida Rishton tumanidagi “Uch ariq” mahallasida fuqaro N.S.ga tegishli baliqxonada loyiha-texnik hujjatlarsiz tabiiy gazdan foydalanilgani aniqlangan. Ushbu holat bo‘yicha 1 milliard 184 million so‘mlik zarar hisoblangan.
Shuningdek, shu mahallada fuqaro E.Q.ga tegishli savdo do‘konida ham zarur loyiha-texnik hujjatlarni rasmiylashtirmasdan tabiiy gazdan foydalanilgani aniqlangan. Mazkur holat bo‘yicha 305 million so‘m qayta hisob-kitob qilingan.
Har ikki holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan. Holatlar bo‘yicha keyingi protsessual qarorlar haqida hozircha ma’lumot berilmagan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!