Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva Namanganda besh yoshli qizaloq bilan bog‘liq fojia yuzasidan ko‘rilayotgan choralar haqida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, voqea sodir bo‘lgan ilk kunlardan boshlab agentlik mutaxassislari va psixologlari qizaloq hamda uning onasi bilan ishlamoqda. Oilaga barcha zarur yordam va ko‘mak ko‘rsatilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, oila boshqa shaharga ko‘chiriladi. Ularga uy-joy berilib, zarur reabilitatsiya va to‘liq ijtimoiy yordam ko‘rsatiladi. Shuningdek, qizaloqning onasiga o‘qish va ishga joylashishida ko‘maklashiladi.
Zarur bo‘lsa, oilaga familiyasini o‘zgartirishda ham yordam beriladi. Asosiy maqsad — qizaloq va uning yaqinlari xavfsiz sharoitda yangi hayot boshlashi uchun zarur imkoniyatlarni yaratish.
Shahnoza Mirziyoyevaning qayd etishicha, Prezident Administratsiyasi mazkur masalani alohida nazoratga olgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!