$
11838.92 UZS
-64.23
₽
147.05 UZS
0.3
€
13248.94 UZS
-80.21
31° Kechasi 18°

Prezident ekologik barqarorlik, qish mavsumiga tayyorgarlik va havo sifatini yaxshilash bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

09:07 / 02.12.2025

Prezident Shavkat Mirziyoyev ekologik barqarorlik, qish mavsumiga tayyorgarlik va yong‘in xavfsizligi masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi va unda havo sifatini yaxshilash masalasi ham ko‘tarildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Yig‘ilishda ekologik barqarorlik, shu jumladan chiqindilarni qayta ishlash masalalari atroflicha ko‘rib chiqilgan, shuningdek, mutasaddilarning qishga tayyorlik yuzasidan hisobotlari tinglangan.

Avvalo, Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha maxsus komissiyaning hisoboti tinglangan.

So‘nggi kunlarda havoni ifloslantirayotgan manbalarni aniqlash va ularning faoliyatiga chek qo‘yish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida axborot berilgan. Issiqxonalar, qurilish maydonlari, avtotransport vositalari va noqonuniy faoliyat yurituvchi obyektlar yuzasidan o‘tkazilgan tekshiruvlar, shahar bo‘ylab ko‘chalarni namlash, ariqlarni tozalash, favvoralarni ishga tushirish kabi barqarorlashtirish tadbirlari shular jumlasidan. 

Prezident mazkur choralarni nafaqat poytaxtda, balki hududlarda ham tizimli davom ettirish, aniqlangan qonunbuzarliklarni tezkor bartaraf etish, havoga ta’sir ko‘rsatuvchi barcha omillarni qat’iy nazorat ostiga olishni topshirgan. Maishiy chiqindilardan elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha 933 million dollarlik loyihalar 6 ta hududda – Andijon, Namangan, Farg‘ona, Samarqand, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida boshlangan, ammo boshqa viloyatlarda bu borada jiddiy harakat kuzatilmayapti. Boshlangan loyihalarda ham investorlarni infratuzilma – yo‘l, elektr, suv bilan ta’minlash ishlari talab darajasida emas.

Viloyat hokimliklari va Ekologiya milliy qo‘mitasiga kamchiliklarni bartaraf etib, kelgusi yilda qolgan hududlarda ham shunday loyihalarni boshlash topshirilgan.

2030-yilgacha maishiy chiqindi poligonlarini 50 foizga qisqartirish belgilangan. So‘nggi yillarda 47 ta poligon faoliyati tugatilib, rekultivatsiya qilingan, natijada 243 gektar yer tabiatga qaytarilgan, lekin hozirda ishlayotgan 132 ta poligonning aksariyatida haligacha himoya devorlari, “yashil belbog‘”, suv ta’minoti va ekologik xavfsizlik inshootlari tashkil etilmagani ko‘rsatib o‘tilgan.

“Bu atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatyapti va aholi e’tirozlariga sabab bo‘lyapti. Shu bois, maishiy chiqindi poligonlarini ekologik xavfsiz hududga aylantirish zarur. Birinchi navbatda, odamlarning sohadan roziligiga erishishimiz kerak. Bu masalaga faqat chiqindini boshqarish emas, balki sanoat, energetika, ekologik madaniyat bilan uzviy bog‘liq yo‘nalish sifatida yondashish lozim”, – degan davlat rahbari. 

Mutasaddilarga rekultivatsiya qilingan 47 ta poligon yerini qayta foydalanishga kiritib, ularda “yashil maydon”lar barpo qilish, yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish kerakligi ko‘rsatib o‘tilgan. Mavjud poligonlarning barchasi atrofida “yashil belbog‘” yaratish, daraxt va ko‘chat ekish ishlarini poligonlarning yarmida bahor mavsumida, qolgan yarmida kuz mavsumida yakunlash vazifasi qo‘yilgan.

2026-yildan bu ishlarga respublika byudjetidan har yili kamida 150 milliard so‘m ajratib borilishi belgilangan.

Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, imtiyozli shartlarda suyultirilgan gaz yetkazib berishda kamchiliklar saqlanib qolmoqda, talon-toroj holatlari uchramoqda. “Hududgazta’minot” tizimiga bu holatlarga chek qo‘yish, hududma-hudud yurib, aholining muammolarini hal etish topshirilgan. Eskirgan elektr tarmoqlari va ortiqcha yuklamada ishlayotgan transformatorlarni xatlovdan o‘tkazib, ularning barqaror ishlashini ta’minlash vazifasi qo‘yilgan.

 


O‘zbekiston


														
														"Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi sammit mehmonlari bilan birgalikda markaziy qahramoni Bola bo‘lgan ko‘rgazmani tomosha qildilar.

"Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi sammit mehmonlari bilan birgalikda markaziy qahramoni Bola bo‘lgan ko‘rgazmani tomosha qildilar.

Ko‘rgazmada tashrif buyuruvchilarga bolaning dunyoga kelishidan ancha oldin — bo‘lajak onaga g‘amxo‘rlik qilishdan boshlanib…
15:45 / 23.10.2026

														
														60 ming kishilik Xitoy qo‘shiniga qarshi turgan shahar qanday vayron bo‘ldi?

60 ming kishilik Xitoy qo‘shiniga qarshi turgan shahar qanday vayron bo‘ldi?

Namangan viloyati hududida joylashgan qadimiy Axsikent shahri 1620-yilda yuz bergan kuchli zilzila oqibatida vayron bo‘lgan.…
10:54 / 23.10.2026

														
														Asal qaysi dardlarga davo ekanligini bilarmidingiz?

Asal qaysi dardlarga davo ekanligini bilarmidingiz?

Asal nafaqat shirinligi, balki foydali xususiyatlari bilan ham qadrlanadi. Uning tarkibida antioksidantlar va organizm uchun…
08:29 / 23.10.2026

														
														Eron Hormuz bo‘g‘ozida yetti neft tankeri shikastlanganini ma’lum qildi

Eron Hormuz bo‘g‘ozida yetti neft tankeri shikastlanganini ma’lum qildi

Eron 22-oktabr kuni Hormuz bo‘g‘ozida yetti neft tankeri yonib ketgani yoki shikastlanganini ma’lum qildi. Hodisalarga Eron …
23:59 / 22.10.2026

														
														AQSh Meksika chegarasida migrantlarga qarshi issiqlik qurolini sinashi mumkin

AQSh Meksika chegarasida migrantlarga qarshi issiqlik qurolini sinashi mumkin

AQSH Mudofaa vazirligi (Pentagon) Milliy xavfsizlik vazirligiga Meksika chegarasida qo‘llanishi mumkin bo‘lgan issiqlik nuri…
23:56 / 22.10.2026

														
														Ayrim xizmatlarda hujjatlarning elektron shakli qabul qilinadi

Ayrim xizmatlarda hujjatlarning elektron shakli qabul qilinadi

O‘zbekistonda fuqarolar ayrim xizmatlardan foydalanishda hujjatlarning qog‘oz nusxasini taqdim etmasdan, ularning elektron s…
23:52 / 22.10.2026

														
														O‘zbekistonda 3 mingdan ortiq gaz balloni va 13,6 tonna suyultirilgan gaz noqonuniy muomaladan olindi

O‘zbekistonda 3 mingdan ortiq gaz balloni va 13,6 tonna suyultirilgan gaz noqonuniy muomaladan olindi

O‘zbekistonda 19–21-oktabr kunlari o‘tkazilgan reydlarda noqonuniy muomalada bo‘lgan 3 mingdan ortiq gaz balloni va ularda s…
23:49 / 22.10.2026

														
														FIFA U-20 Jahon chempionati sanalari e’lon qilindi

FIFA U-20 Jahon chempionati sanalari e’lon qilindi

2027 yilda O‘zbekiston va Ozarbayjonda o‘tkaziladigan FIFA U-20 Jahon chempionati 17-sentabrdan 9-oktabrgacha davom etadi. B…
23:44 / 22.10.2026

														
														23-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

23-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Respublika bo‘ylab havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.
16:50 / 22.10.2026

														
														Prezident Nurbek Ergashevga “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvonini berish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi

Prezident Nurbek Ergashevga “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvonini berish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi

Shuningdek, Javlon Jovliyevning mehnati ham e’tirof etildi. Unga, shuningdek, “Yosh kitobxon oila” respublika tanlovi g‘olib…
11:13 / 22.10.2026

Bu ham qiziq

Ayrim xizmatlarda hujjatlarning elektron shakli qabul qilinadi

Ayrim xizmatlarda hujjatlarning elektron shakli qabul qilinadi

O‘zbekistonda fuqarolar ayrim xizmatlardan foydalanishda hujjatlarning qog‘oz nusxasini taqdim etmasdan, ularning elektron s…
23:52 / 22.10.2026
22-oktyabr —TARIX IZLARIDA

22-oktyabr —TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:57 / 22.10.2026
O‘zbekistonda davlat tili talablariga zid 4,5 mingga yaqin yozuv aniqlandi

O‘zbekistonda davlat tili talablariga zid 4,5 mingga yaqin yozuv aniqlandi

O‘zbekistonda 2026-yil davomida reklama va tashqi yozuvlarning davlat tili talablariga muvofiqligi bo‘yicha o‘tkazilgan moni…
13:37 / 21.10.2026
Saida Mirziyoyeva Ashxobodda Ozarbayjon va Turkmaniston vakillari bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Ashxobodda Ozarbayjon va Turkmaniston vakillari bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Ashxobod shahrida g‘amxo‘rlikka muhtoj bolalarga yordam ko‘rsatuvchi xayriya jamg‘armasi vitse-prezidenti …
16:02 / 21.10.2026
O‘zbekistonda 3 mingdan ortiq gaz balloni va 13,6 tonna suyultirilgan gaz noqonuniy muomaladan olindi

O‘zbekistonda 3 mingdan ortiq gaz balloni va 13,6 tonna suyultirilgan gaz noqonuniy muomaladan olindi

O‘zbekistonda 19–21-oktabr kunlari o‘tkazilgan reydlarda noqonuniy muomalada bo‘lgan 3 mingdan ortiq gaz balloni va ularda s…
23:49 / 22.10.2026
"Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi sammit mehmonlari bilan birgalikda markaziy qahramoni Bola bo‘lgan ko‘rgazmani tomosha qildilar.

"Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi sammit mehmonlari bilan birgalikda markaziy qahramoni Bola bo‘lgan ko‘rgazmani tomosha qildilar.

Ko‘rgazmada tashrif buyuruvchilarga bolaning dunyoga kelishidan ancha oldin — bo‘lajak onaga g‘amxo‘rlik qilishdan boshlanib…
15:45 / 23.10.2026
Qashqadaryolik tadbirkor Prezidentga o‘zi ishlab chiqargan kiyimni sovg‘a qildi

Qashqadaryolik tadbirkor Prezidentga o‘zi ishlab chiqargan kiyimni sovg‘a qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatidagi 54 million dollarlik “Sulton Tex Group” to‘qimachilik fabrikasi faoliy…
15:58 / 21.10.2026
Asal qaysi dardlarga davo ekanligini bilarmidingiz?

Asal qaysi dardlarga davo ekanligini bilarmidingiz?

Asal nafaqat shirinligi, balki foydali xususiyatlari bilan ham qadrlanadi. Uning tarkibida antioksidantlar va organizm uchun…
08:29 / 23.10.2026
Makkada nomaqbul harakat sodir etganlikda ayblangan ikki bangladeshlik qatl etildi

Makkada nomaqbul harakat sodir etganlikda ayblangan ikki bangladeshlik qatl etildi

2026-yil 14-oktyabr kuni Saudiya Arabistonining Makka mintaqasida masjid ichida nomaqbul harakat sodir etganlikda ayblangan …
17:31 / 20.10.2026
O‘zbek alifbosidagi to‘rtta harfning yozilishi o‘zgartiriladi

O‘zbek alifbosidagi to‘rtta harfning yozilishi o‘zgartiriladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirishga qaratilgan qonunni…
15:06 / 21.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!