Bugun, 7-mart kuni Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida Damas mashinasiga o‘rnatilgan gaz balloni portlab ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, bugun soat 10:30 larda Koson tumani, “Yangiobod” MFY Maymanoq-Koson chorrahasida harakatlanmay turgan Damas rusumli avtomobilga o‘rnatilgan siqilgan gaz ballonining texnik nosozligi oqibatida chaqnash sodir bo‘lgan.
Voqea avtomobillarga siqilgan gaz to‘ldirish shoxobchasida sodir bo‘lmagan.
Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagani hamda yong‘in yuzaga kelmagan.
Hozirda hodisa sababi va zarari aniqlanmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!