Surxondaryoda inspektorga pora taklif qilgan hindistonlikka jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xavfsizlik departamenti xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, YPX xodimi texnik nosoz bo‘lgan mashinani boshqarib yurgan chet el fuqarosini to‘xtatib, uning hujjatlarini tekshirmoqchi bo‘lganida, xorijlik fuqaro inspektorga 10 million so‘m pora taklif qilgan.
Xodimning bildirgisi asosida tezkor tadbir o‘tkazilib, Hindiston fuqarosi inspektorga pullarni bermoqchi bo‘lgan vaqtida ushlandi. Hozirda ushbu shaxsga nisbatan jinoyat ishi ochilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!