$
11897.90 UZS
51.33
₽
140.18 UZS
1.23
€
13336.36 UZS
95.45
31° Kechasi 18°

Turkiya shirkatiga O‘zbekistonga shaftoli ko‘chatlarini olib kirish taqiqlandi

16:15 / 20.06.2022

2022 yil 15 iyundan boshlab Turkiya davlatining “PARLAR FIDAN Parlar fidan tarim urunleri gida tekstil sanayi ve ticarey limited sirketi” (Pitomnik) ko‘chatxonalaridan O‘zbekistonga ekish materiallarini olib kirishga vaqtinchalik taqiq o‘rnatildi. Bu haqda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi maʼlum qildi.

Agentlikka ko‘ra, Markaziy fitosanitariya laboratoriyasi xulosasiga ko‘ra, mazkur shirkatga tegishli ko‘chatxxonalardan olib kirilgan shaftoli (Dixired navi) ko‘chatlarida “Olxo‘rining cho‘tir kasalligi” (Plum pox virus) aniqlangan. Mazkur kasallikni O‘zbekiston hududida tarqalish xavfini oldini olish maqsadida ko‘chatlarga nisbatan vaqtinchalik import cheklovi o‘rnatilgan.

Qayd etilishicha, “Olxo‘rining cho‘tir kasalligi” (Plum pox virus) O‘zbekiston uchun karantin ahamiyatiga ega bo‘lgan zararli organizmlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Agentlik, shuningdek, ko‘chatlar hamda urug‘liklar importi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarni ogohlikka chaqirib, bu tardagi mahsulotlarni respublika hududiga olib kelish jarayonida Agentlikni oldindan xabardor qilish zarurligini taʼkidlamoqda.

“Import jarayonida belgilangan talablarga rioya etilmasa, mahsulotlar chegara nazorat punktlaridan ortga qaytarilishi yoki belgilangan tartibda yo‘q qilinishi mumkin”, – deyiladi xabarda.

Maʼlumot uchun, “Olxo‘rining cho‘tir kasalligi” (Plum pox virus) asosan Evropa mamlakatlari, xususan, Avstriya, Angliya, Bolgariya, Vengriya, Germaniya, Gollandiya, Gretsiya, Moldova, Polsha,  Rossiya, Ruminiya, Serbiya, Turkiya, Ukraina, Chexiya, Estoniya, Shvetsariya, Shvetsiya kabi mamlakatlarda tarqalgan. Ushbu kasallik olxo‘ri, tog‘olcha, o‘rik, shaftoli kabi mevalarni zararlaydi. Kasallik tufayli chidamsiz daraxtlarning 25-50 foiz, baʼzan 100 foiz hosili yo‘qotiladi. Zararlangan daraxtlar mevasining ko‘pchiligi to‘kiladi, qolganlari mayda va taʼmsiz bo‘lib qoladi. Kasallik belgilari daraxtlar virus bilan zararlangandan so‘ng 9-11 oy o‘tganda namoyon bo‘ladi.

Shuningdek, kasallik bilan zararlangan mevalar vaqtidan oldin rangga kiradi, tarkibida qand moddasi kamayadi va sog‘lomlaridan 20-30 kun oldin to‘kiladi. Ularning bir qismi mumiyolashadi. Kuchli zararlangan chidamsiz navlarning hosili butunlay yo‘qotilishi mumkin.


Bu ham qiziq

Buxoroda 500 dollar evaziga tibbiy ma’lumotnoma va’da qilgan shifokor ushlandi

Buxoroda 500 dollar evaziga tibbiy ma’lumotnoma va’da qilgan shifokor ushlandi

Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida akademik ta’til olish uchun tibbiy ma’lumotnoma tayyorlab berishni va’da qilib, 500 A…
13:03 / 10.10.2026
Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Ozarbayjon hamkorligini yangi bosqichga olib chiqish takliflarini ilgari surdi

Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Ozarbayjon hamkorligini yangi bosqichga olib chiqish takliflarini ilgari surdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvida mintaqaviy…
16:33 / 08.10.2026
O‘zbekiston noyabr oyida Saudiya Arabistoni bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

O‘zbekiston noyabr oyida Saudiya Arabistoni bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning noyabr oyida FIFA kunlari doirasida Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarshi…
11:03 / 08.10.2026
Mirziyoyev Markaziy Osiyoda energetika, suv va texnologik hamkorlikni kuchaytirishni taklif qildi

Mirziyoyev Markaziy Osiyoda energetika, suv va texnologik hamkorlikni kuchaytirishni taklif qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvida energetika…
16:37 / 08.10.2026
Isroil Madrimovning navbatdagi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

Isroil Madrimovning navbatdagi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

WBA yo‘nalishi bo‘yicha sobiq jahon chempioni Isroil Madrimov 30-oktyabr kuni Toshkentda ozarbayjonlik bokschi Seymur Isayev…
11:40 / 08.10.2026
Andijonda 64 ming dollarni paypog‘iga yashirgan fuqaro ushlandi

Andijonda 64 ming dollarni paypog‘iga yashirgan fuqaro ushlandi

Andijon viloyatida fuqaro O‘zbekistondan Qirg‘izistonga olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan 64 ming AQSH dollarini paypog‘iga yash…
15:07 / 08.10.2026
“Tatar qizi — 2026” xalqaro tanlovida Amina Mahmudova g‘olib bo‘ldi

“Tatar qizi — 2026” xalqaro tanlovida Amina Mahmudova g‘olib bo‘ldi

Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti 2-bosqich talabasi Amina Mahmudova Turkmanistonda o‘tkazilgan “Tatar…
12:43 / 09.10.2026
O‘zbekiston delegatsiyasi MDHning urug‘chilik bo‘yicha yig‘ilishida ishtirok etdi

O‘zbekiston delegatsiyasi MDHning urug‘chilik bo‘yicha yig‘ilishida ishtirok etdi

6–8-oktabr kunlari Turkmanistonning Avaza shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining urug‘chilik masalalari bo‘yicha Hukum…
17:27 / 08.10.2026
Toshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladiToshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladi

Toshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladiToshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladi

O‘zbekistonda ilk bor 2027-yil 4–5-fevral kunlari “Tashkent Content Market” (TCM) xalqaro kontent bozori o‘tkaziladi. Tadbir…
09:22 / 10.10.2026
Endi 🇺🇿 O‘zbekistonlik talabalar “Google Gemini AI Plus” obunasini “Aileaders.uz” platformasi orqali BEPUL foydalanishlari mumkin.

Endi 🇺🇿 O‘zbekistonlik talabalar “Google Gemini AI Plus” obunasini “Aileaders.uz” platformasi orqali BEPUL foydalanishlari mumkin.

Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Google hamkorligida Google’ning Xalqaro verifikatsiya bo‘yicha hamkor platformasi She…
10:54 / 09.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!