Joriy yilning 24-fevral kuni soat 05:37da, Surxondaryo viloyati Denov tumani, “Bahoriston” mahallasi, Mustaqillik ko‘chasi, 79-uyda joylashgan, YATT “Allayev Xaydarxon To‘xtayevich”ga tegishli 2 qavatli savdo majmuasining 2-qavatida yong‘in sodir bo‘lgan, deya xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.
Aniqlanishicha, yong‘in oqibatida 18 ta savdo obyektlari, shuningdek, umumiy maydoni 630 m.kv qismi zararlangan.
Voqea joyiga Surxondaryo viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 7 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan. Qutqaruvchilarning olib borgan tezkor harakatlari natijasida binoning 1680 m.kv qismi yong‘indan saqlab qolingan.
FVV xabariga ko‘ra, yong‘in sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda. Tan jarohati olganlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 5-fevral kuni ham Boysun tumanining “Tuzbozor” mahallasi hududida joylashgan 1867 metr kvadrat yer maydonidagi maishiy buyumlar bozorida yong‘in sodir bo‘lgan va 36 ta savdo do‘koni hamda umumiy maydonning 600 m.kv. qismi yong‘indan zarar ko‘rgan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!