$
11765.76 UZS
-17.71
139.71 UZS
0.01
13638.87 UZS
-49.99
31° Kechasi 18°

Paxta bo‘yicha majburiy davlat xaridlari bekor qilindi

13:57 / 06.03.2020

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Paxtachilik sohasida bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, davlat tomonidan endi paxta xomashyosini ishlab chiqarish va sotish rejasini hamda  xarid narxini belgilash amaliyotidan voz kechiladi, deb xabar bermoqda Rewiew nashri.

O‘zbekiston Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5853-son Farmoni ijrosini ta’minlash, davlat buyurtmasi hajmlarini bosqichma-bosqich kamaytirish, shu jumladan, paxta xomashyosi yetishtirish, xarid qilish va sotishda erkin raqobatni ta’minlaydigan bozor tamoyillarini joriy etish, ushbu yo‘nalishda fermer xo‘jaliklari manfaatdorligini oshirish hamda qishloq xo‘jaligi sohasiga investitsiyalarni keng jalb qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Paxtachilik sohasida bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2020-yil hosilidan boshlab:
– davlat tomonidan paxta xomashyosi ishlab chiqarish va sotish rejasini belgilash amaliyoti bekor qilinadi;
– paxta xomashyosining xarid narxini belgilash amaliyotidan voz kechiladi;
– paxta xomashyosi yetishtiruvchilarga rayonlashtirilgan navlarni erkin tanlash huquqi beriladi;
– sertifikatlangan urug‘lik yetkazib berish tizimi saqlab qolinadi hamda bosqichma-bosqich Urug‘chilikni rivojlantirish markazi tarkibidagi urug‘chilik klasterlari va elita urug‘chilik xo‘jaliklari, paxta to‘qimachilik klasterlari zimmasiga yuklatiladi.

Shuningdek, hujjatda paxta-to‘qimachilik klasterlari tashkil etilmagan hududlarda paxta tozalash korxonalari ishtirokida fermer xo‘jaliklarining ixtiyoriy kooperatsiyasini tashkil etish, “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatini tugatish choralarini ko‘rish, paxta tolasini respublika tovar-xomashyo birjasida boshlang‘ich birja narxida erkin sotish vazifalari belgilangan.


Bu ham qiziq

Toshkentda avval sudlangan shaxs 1,1 kilogrammdan ortiq gashish bilan ushlandi

Toshkentda avval sudlangan shaxs 1,1 kilogrammdan ortiq gashish bilan ushlandi

Toshkent shahrida 1 kilogrammdan ortiq gashishni 26 ming AQSH dollariga sotishga uringan, avval ham giyohvandlik bilan bog‘l…
09:26 / 12.09.2026
Toshkentda 1 kilogrammdan ortiq gashish 26 ming dollarga sotilayotganida ushlandi

Toshkentda 1 kilogrammdan ortiq gashish 26 ming dollarga sotilayotganida ushlandi

Toshkent shahrida katta miqdordagi giyohvandlik vositasining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi. Operatsiya Davlat xavfsizlik…
10:30 / 14.09.2026
Dunyoda har yili 727 ming kishi o‘z joniga qasd qiladi

Dunyoda har yili 727 ming kishi o‘z joniga qasd qiladi

Dunyoda har yili 727 mingga yaqin kishi o‘z joniga qasd qiladi. 15–29 yoshdagi yoshlar orasida suitsid 2021-yilda o‘lim saba…
10:22 / 12.09.2026
Prezident yangi O‘zbekiston Milliy muzeyi qurilishi bilan tanishdi

Prezident yangi O‘zbekiston Milliy muzeyi qurilishi bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida barpo etilayotgan yangi O‘zbekiston Milliy muzeyining qurilish jarayoni bilan…
09:12 / 12.09.2026
Avgust dunyo tarixidagi eng issiq oylardan biri bo‘ldi

Avgust dunyo tarixidagi eng issiq oylardan biri bo‘ldi

2026-yil avgust oyida Yer yuzida kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori o‘rtacha haroratlardan biri qayd etildi. Yevropa Ittifoqin…
09:41 / 13.09.2026
Tirik odam vafot etgan deb rasmiylashtirilsa, xatoni qanday tuzatish mumkin?

Tirik odam vafot etgan deb rasmiylashtirilsa, xatoni qanday tuzatish mumkin?

Fuqaro tirik bo‘lishiga qaramay, uning vafoti davlat tomonidan rasmiy qayd etilishi jiddiy huquqiy va ma’muriy muammolarga o…
10:56 / 14.09.2026
Sud ishlariga aralashgan mansabdorlar endi 5 yilgacha qamoq jazosi olishi mumkin

Sud ishlariga aralashgan mansabdorlar endi 5 yilgacha qamoq jazosi olishi mumkin

O‘zbekistonda sud ishlariga aralashganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi. Tegishli qonun 12-sentabrdan kuchga kirdi.
17:15 / 14.09.2026
Turkiyada ikki o‘zbekistonlik ayolni o‘ldirgan shaxslar umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Turkiyada ikki o‘zbekistonlik ayolni o‘ldirgan shaxslar umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Turkiyaning Istanbul shahrida ikki o‘zbekistonlik ayolni o‘ldirish va ularning jasadlarini bo‘laklarga ajratish ishida sud h…
09:47 / 13.09.2026
Samarqandda fuqaro hovlisidan bronza davriga oid qabr topildi

Samarqandda fuqaro hovlisidan bronza davriga oid qabr topildi

Samarqand viloyati Payariq tumanida fuqaroning hovlisida olib borilgan qazish ishlari vaqtida bronza davriga oid bo‘lishi mu…
15:20 / 14.09.2026
Bernem Trampning Irlandiya birlashishi haqidagi bayonotiga javob qaytardi

Bernem Trampning Irlandiya birlashishi haqidagi bayonotiga javob qaytardi

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Endi Bernem AQSH Prezidenti Donald Trampning Irlandiyaning birlashishi haqidagi bayonotlariga mu…
09:35 / 13.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!