Mirzo Ulug‘bek tumanida odamlarni Toshkent viloyati hududidan yer olib berishga ishontirish orqali pul ishlab olgan firibgar faoliyati aniqlandi.
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining ma’lum qilishicha, Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro T.S. o‘zgalar mulkini qo‘lga kiritish maqsadida, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali fuqarolar M. va O.ga Toshkent viloyatidan 27 sotix yer maydonini “Elektron onlayn auksion” orqali olib berishga ishontirib, ularning jami 80 mln. so‘m miqdordagi pulini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.
Ayni paytda, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!