Rossiya harbiy kuchlarining Ildib viloyatidagi jangarilar lageriga qilgan hujumi natijasida “Katiba val-jihod” terrorchilar tuzilmasi rahbari, kelib chiqishi qirgʻizistonlik boʻlgan Muxtorov Sirojiddin Ziyovutdinovich (laqabi – Abu-Saloh) oʻldirildi. Hujum 8-sentyabr kuni amalga oshirilgan.
Maʼlum boʻlishicha, hujum vaqtida “Jebhat al-Nusra” terrorchilik tashkilotining 20 dan ortiq aʼzolari ham yoʻq qilingan. Ular jangarilarning tayyorgarligi, moliyaviy taʼminoti uchun javob berganlar.
Muxtorovning 2017-yil 3-aprel kuni Sankt-Peterburgda sodir etilgan teraktga aloqasi borligi taxmin qilingan. Shuningdek, u Qirgʻizistondagi bir nechta teraktlarga ham aloqador boʻlishi mumkinligi qayd etilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!