$
11808.76 UZS
-12.42
₽
142.16 UZS
1.72
€
13404.12 UZS
-15.28
31° Kechasi 18°

Eng yaxshi Marvel filmlari

14:05 / 27.08.2023

Marvel kinostudiyasi o‘zining ajoyib, fantastik janrdagi filmlari bilan mashhur. Superqahramonlarning dunyoni qutqarish uchun kechadigan kurashlari  go‘yoki to‘xtamaydigandek. Har qanday franshizaning oxiri bo‘lishi mumkin, ammo Marvel filmlarining yakuni haqida o‘ylashning iloji yo‘q. Vaqt ham, borliq ham g‘ayrioddiy kuchga ega bo‘lgan qahramonlarning izmiga yuradigandek tuyiladi. Shu sababli ijrochilarning franshizani davom ettirishi uchun mavzu topa olmay qolishi ancha ishonarsiz ma’lumot. Bundan tashqari, Marvel har bitta superqahramon uchun alohida filmlarni tomoshabinlarga taqdim etib kelmoqda. Bugunga qadar “Qasoskorlar” filmining 4 ta qismi ekran yuzini ko‘rdi. Navbatdagi kartina 2026-yilda premyera qilinishi kutilmoqda. Hozir e’tiboringizga superqahramonlar ishtirokidagi eng yaxshi 10 ta filmni havola qilamiz.

10. “Chumoli odam va Ari” (2018)

Ushbu film “Chumoli odam”ning davomi bo‘lib, kinoteatrlarda ilk qismga qaraganda yomonroq natija ko‘rsatgan bo‘lsada, undagi mavzu ko‘plab tomoshabinlarni o‘ziga jalb qiladi. Film kvant olamining ta’siridagi sarguzashtlar haqida hikoya qiladi. Uning ahamiyati keyingi filmlarda yaqqol namoyon bo‘lgan. Aynan ushbu kartina Chumoli odamning Qasoskorlar qatoriga qo‘shilishida muhim rol o‘ynaydi.

9. “Galaktika qo‘riqchilari” (2014)

Film voqealari koinotni qutqarish uchun birlashishgan g‘alati va qarama-qarshi fazilatlarga ega bir guruh qahramonlar bilan kosmosda sodir bo‘ladi. Bundan tashqari, “Qasoskorlar-3: Abadiyat jangi” filmida ham ushbu superqahramonlar ishtirok etadi.

8. “Qora pantera” (2018)

“Qora pantera” boshqa barcha Marvel filmlari bilan solishtirganda ancha tomoshabopdir. U kino orqali go‘zal joyni tasvirlab beradi va siyosat bilan bog‘liq allaqachon mavjud muammolarni ko‘rsatadi. Bosh qahramon Chadvik Bosmanning vafotidan so‘ng, kartinaning davomi ko‘pchilikni o‘ylantirib qo‘ydi. Biroq 2022-yilda “Qora pantera: Abadiy Vakanda” filmi tomoshabinlarga taqdim etildi.

7. “Doktor Strenj: Aqlsiz multiolam” (2022)

Film Marvel’ning keyingi yurishlari uchun ko‘prik vazifasini o‘tadi. Unda borliqdagi sanoqsiz olamlar haqida hikoya qilinadi. Aynan ushbu ssenariy kelajakda Marvel’ga juda qo‘l keladi. Film dastlabki qismi bilan solishtirganda ancha qiziqarli ishlangan. Bosh qahramon Benedikt Kamberbetch takabburona ijrosi bilan ushbu rolga munosib ekanligini yana bir bor isbotlaydi.

6.“O‘rgimchak odam: Uyga qaytish” (2017)

Toni Stark va Piter Parker o‘rtasidagi ijobiy munosabatlar boshlagan filmni yaxshi eslasangiz kerak. Aynan ikkala qahramonning ota-o‘g‘ildek yaqin bo‘lishi kartinani yanada qiziqarli qilgani ajab emas. Unda quvnoq o‘smir hayotdagi o‘z o‘rnini topishga harakat qilayotgandek ko‘rinadi. 

5.“Tor-3: Ragnaryok” (2017)

Ushbu film kartinaning  eski versiyalariga qaraganda ancha katta qiymatga ega edi. Ajoyib aktyorlar tarkibi va istiqbolli hikoyalar chizig‘i tomoshabinlar uchun ancha hayajonli bo‘ldi. 2017-yilda ekran yuzini ko‘rgan bu film eskilariga qaraganda ko‘proq qadrlandi. Biroq 2022-yilda taqdim etilgan “Tor-4: Sevgi va momaqaldiroq” filmi bu qadar yuqori natijaga erisha olmadi.

4. “Kapitan Amerika: Fuqarolar urushi” (2016)

Bu filmda ikkita superqahramon Kapitan Amerika hamda Temir odam o‘rtasidagi qarama qarshilikni ko‘rishimiz mumkin. Ikkala qahramon ham o‘ziga yarasha kuch, salohiyat hamda muxlislarga ega edi. Kartina nafaqat ularning kuchli tomonlarini, balki zaif va yovuz tomonlarini ham ko‘rsatib beradi.

3. “Qasoskorlar: Abadiyat jangi” (2018)

“Abadiyat jangi” muxlislar uchun kutilmagan yakunni taqdim etdi. Yovuz qahramon Tanos tomonidan superqahramonlarning bir qismi va dunyo aholisining yarmi yo‘q bo‘lib ketadi. Filmdagi bunday voqealik uning reytingimizda yuqori o‘rinda turishini belgilab berdi.

2. “Temir odam” (2008)

Ushbu kartinani butun bir Marvel franshizalari uchun asos desak bo‘ladi. Chunki bu film Marvel’ni tomoshabinlarga yanada tanitgan, ularning mehrini qozongan film edi.

1. “Qasoskorlar: Intiho” (2019)

Hozircha “Qasoskorlar”ning so‘ngisi bo‘lib turgan bu kino dunyodagi eng ko‘p mablag‘ keltirgan filmlar qatorida turadi. Shuningdek ushbu kartinada bir vaqtning o‘zida barcha franshizalardagi superqahramonlarni ko‘rishimiz mumkin.


Qiziqarli


														
														Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

29-sentyabr kuni Marokash qiroli Muhammad VI Fotima Zahro al-Mansuriyni mamlakat bosh vaziri lavozimiga tayinladi. Shu tariq…
10:28 / 30.09.2026

														
														Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur jamoat transportida boshqa yo‘lovchilarga xalaqit beruvchi xatti-harakatlar uchun yangi jarimalar joriy etildi.
10:37 / 27.09.2026

														
														Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Xitoydagi ulkan FAST radioteleskopi orqali olib borilgan kuzatuvlar davomida tabiiy kosmik jarayonlar bilan izohlash qiyin b…
00:16 / 27.09.2026

														
														Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

AQSh Prezidenti Donald Tramp mamlakatda “sun’iy intellekt” (SI) atamasidan voz kechib, uni “super intellekt” deb atashni ma’…
09:44 / 24.09.2026

														
														Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Xorijga sayohat qilish uchun dunyo aholisining deyarli barchasiga shaxsini tasdiqlovchi pasport kerak. Biroq bundan uch kish…
10:00 / 21.09.2026

														
														Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada noodatiy musobaqa — uxlash bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi. Matraslari bilan tanilgan Koala Japan kompaniyasi tashkil…
09:24 / 16.09.2026

														
														Avgust dunyo tarixidagi eng issiq oylardan biri bo‘ldi

Avgust dunyo tarixidagi eng issiq oylardan biri bo‘ldi

2026-yil avgust oyida Yer yuzida kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori o‘rtacha haroratlardan biri qayd etildi. Yevropa Ittifoqin…
09:41 / 13.09.2026

														
														11-sentyabr teraktlaridan keyin Nyu York aholisi havo sifati haqida chalg‘itilgani aniqlandi

11-sentyabr teraktlaridan keyin Nyu York aholisi havo sifati haqida chalg‘itilgani aniqlandi

AQSHda 2001-yil 11-sentyabr teraktlaridan keyin Nyu York aholisi Jahon savdo markazi hududidagi havo sifati bo‘yicha yetarli…
15:58 / 09.09.2026

														
														Xitoy armiyasi gumanoid robotlarni jangovar sharoitga tayyorlamoqda

Xitoy armiyasi gumanoid robotlarni jangovar sharoitga tayyorlamoqda

Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi gumanoid robotlarni jangovar sharoitlarda qo‘llashga tayyorlashni boshladi. Bu haqda Reuters xab…
10:00 / 08.09.2026

														
														AQShda Tramp tasvirlangan 1 dollarlik tanga muomalaga chiqarildi

AQShda Tramp tasvirlangan 1 dollarlik tanga muomalaga chiqarildi

AQSHda mamlakatning mustaqilligining 250 yilligiga bag‘ishlangan, Donald Tramp tasviri tushirilgan 1 dollarlik tanga muomala…
09:45 / 04.09.2026

Bu ham qiziq

14 yoshga to‘lmagan bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik uchun umrbod qamoq jazosi belgilanmoqda

14 yoshga to‘lmagan bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik uchun umrbod qamoq jazosi belgilanmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga qaratilgan qonun loyihasini i…
17:01 / 30.09.2026
O‘zbekistonda quyosh panellari o‘rnatgan fuqarolarga 105,4 mlrd so‘m subsidiya ajratiladi

O‘zbekistonda quyosh panellari o‘rnatgan fuqarolarga 105,4 mlrd so‘m subsidiya ajratiladi

2026-yil avgust oyida “Quyoshli xonadon” dasturidan foydalangan 61 548 nafar fuqaro quyosh panellari orqali ishlab chiqarib,…
09:34 / 30.09.2026
O‘zbekistonda xususiy maktablarni qo‘llab-quvvatlash uchun yangi imtiyozlar beriladi

O‘zbekistonda xususiy maktablarni qo‘llab-quvvatlash uchun yangi imtiyozlar beriladi

Joriy yilda O‘zbekistonda birinchi sinfga 800 ming bola qabul qilindi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 10 foiz ko‘p. 20…
14:23 / 30.09.2026
Prezident Javohir Sindorovga murojaat qildi

Prezident Javohir Sindorovga murojaat qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmatchi Javohir Sindorovning bir necha oy avval Nomzodlar turniridagi tarixiy g‘alabasini es…
16:57 / 29.09.2026
E’zoza Karimova Namangandagi fojia yuz bergan bog‘chani shaxsan nazoratga oldi

E’zoza Karimova Namangandagi fojia yuz bergan bog‘chani shaxsan nazoratga oldi

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidagi 5 yoshli qizaloqqa nisbatan zo…
14:53 / 29.09.2026
14 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun jazo kuchaytirilishi taklif qilinmoqda

14 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun jazo kuchaytirilishi taklif qilinmoqda

O‘zbekistonda bolalarga nisbatan zo‘ravonlik va jinsiy tajovuzlar uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan qonun loyiha…
12:49 / 29.09.2026
Turkiyada shifokorlar bemorning sog‘lom qulog‘ini operatsiya qildi

Turkiyada shifokorlar bemorning sog‘lom qulog‘ini operatsiya qildi

Turkiyaning Kojaeli shahrida shifokorlar bemorning kasallangan o‘ng qulog‘i o‘rniga sog‘lom chap qulog‘ida jarrohlik amaliyo…
10:31 / 30.09.2026
Shavkat Mirziyoyev ayollar terma jamoalarimiz ham Olimpiadada katta iroda va matonat ko‘rsatganini ta’kidladi

Shavkat Mirziyoyev ayollar terma jamoalarimiz ham Olimpiadada katta iroda va matonat ko‘rsatganini ta’kidladi

Birinchi jamoa 11 turning yettitasida g‘alaba qozonib, dunyoning kuchli shaxmat mamlakatlari vakillari bilan tengma-teng kur…
17:19 / 29.09.2026
O‘zbekistonda shakar miqdori yuqori ichimliklarga ogohlantirish yozuvlari qo‘yilishi mumkin

O‘zbekistonda shakar miqdori yuqori ichimliklarga ogohlantirish yozuvlari qo‘yilishi mumkin

O‘zbekistonda alkogolsiz ichimliklar tarkibidagi shakar miqdori haqida majburiy ogohlantiruvchi yozuvlar joriy etilishi reja…
16:19 / 30.09.2026
Prezident shaxmatchilarni Olimpiadadagi tarixiy g‘alaba bilan tabrikladi

Prezident shaxmatchilarni Olimpiadadagi tarixiy g‘alaba bilan tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmat va parashaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoalari a’zolari hamda ularning yaqinlari b…
16:37 / 29.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!