$
11897.90 UZS
51.33
₽
140.18 UZS
1.23
€
13336.36 UZS
95.45
31° Kechasi 18°

“Dostavka”dan mashhur blogerlikkacha...” – instabloger Dilshod Nazarov bilan suhbat

19:05 / 10.02.2022

Xabardor.uz’ning “Interview” dasturining navbatdagi mehmoni mashhur bloger – Instagram tarmog‘ida dili.me taxallusi bilan mashhur “kotta bola” – Dilshod Nazarov.

– Assalomu alaykum, Dilshodjon. Qimmatli vaqtingizni ayamay tashrif buyurganiz uchun katta rahmat.

Hozirgi kunda sizni ijtimoiy tarmoqlar orqali tanimagan odam kam bo‘lsa kerak. Shunday bo‘lsada dasturimizning birinchi an’anaviy savoli bilan murojaat qilaman: “dili.me” kim va oilangiz haqida ham qisqacha to‘xtalib o‘tsangiz...

– Mening ismi-sharifim – Dilshod Nazarov. Oilada 6 kishimiz. Ota-onam, opam, men, singlim va ukam. Oliy ta’limda tahsil olmaganman, o‘rta maktabni bitirganman. Hozirda blogerlik bilan shug‘ullanaman.

– Nima uchun aynan shu sohadasiz? Yoki blogerlik (vaynerlik), ijtimoiy tarmoqlarda tanilish ortidan ham daromad qilish mumkinligi uchunmi?

– To‘g‘risini aytsam, bu sohada daromad borligi haqida bilmaganman. Bu sohaga kirib kelishimdan maqsad esa – men san’atni yaxshi ko‘raman. Estrada va sirk kollejining aktyorlik mahorati yo‘nalishida tahsil olganman. Har doim xayolimda qachondir baribir aktyor bo‘laman, degan fikr bo‘lardi. Oradan 2-3 yil o‘tib, karantin tufayli tasodifan kichik videolar qilib ijtimoiy tarmoqlarga joyladik. Shundan so‘ng mashhurlikka erisha boshladim.

– Bundan avval bergan intervyularingizdan birida “men hozirgi kundagi “topovыy” blogerlarga havas qilib bu sohaga kirib kelganman” degan ekansiz. Xo‘sh, ular bilan taqqoslaganda hozir sizning o‘rningiz qayerda?

– Albatta ulardan keyingi o‘rinda. Chunki ular faoliyatlarini mendan ancha avval boshlashgan. Menimcha, bu savolingizga javobni obunachilardan so‘rash kerak.

– Hali ham ijodingiz davomida bosimlar yoki tayyorlagan vaynlaringiz kimgadir tegib ketib, akkauntingizdan shu videoni olib tashlashingizni so‘rash holatlari bo‘lib turadimi?

– Bunday holatlar ko‘p bo‘ladi. Bilasizmi, videolarimiz asosan aktual mavzularni qamrab oladi yoki xalqimiz orasidagi jaydari gaplar va internet olamidagi mashhur frazalar asosida tayyorlanadi. Balki shu mavzular kimgadir “tegib” ketsa kerak.

– 3 yil oliy ta’limga o‘qishga topshirib kira olmay, hozirgi kunda hayotda o‘z o‘rningizni topib oldingiz deyish mumkin. To‘g‘rimi? Ana shunday o‘qishga kira olmay, tushkunlikka tushib yurgan tengdoshlaringiz uchun nima maslahat yoki motivasiya bera olasiz?

– Yoshlarga aytadigan talaygina gaplarim bor. Har yili OTM test javoblari chiqqandan keyin video tayyorlaymiz. O‘qishga kira olmadingizmi, siqilmang. Kelajakda sizlarni buyuk ishlar kutmoqda. Men ham uch yil oliy ta’limga imtihon topshirib, kira olmaganman. Hamma narsada bir hikmat bor.

– Qachondir – kun kelib siz hozir shug‘ullanayotgan sohangiz yakuniga yetishi va boshqa sferada tirikchilik qilishingizga to‘g‘ri kelishi haqida o‘ylaysizmi?

– Biznes bilan shug‘ullansam kerak. Serial va kino sohasida ham omadimni sinab ko‘raman.

– Maroqli suhbat uchun rahmat.

Olimjon Hasanov suhbatlashdi


Bu ham qiziq

Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi

Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi

9-oktyabr kuni O‘zbekiston bo‘ylab o‘zgaruvchan ob-havo kuzatiladi. Respublikaning aksariyat hududlarida yog‘ingarchilik kut…
15:35 / 08.10.2026
Messi Argentina terma jamoasi bilan xayrlashdi

Messi Argentina terma jamoasi bilan xayrlashdi

39 yoshli Lionel Messi Argentina milliy terma jamoasidagi faoliyati davomida uni qo‘llab-quvvatlagan barcha insonlarga minna…
09:41 / 08.10.2026
Andijonda 64 ming dollarni paypog‘iga yashirgan fuqaro ushlandi

Andijonda 64 ming dollarni paypog‘iga yashirgan fuqaro ushlandi

Andijon viloyatida fuqaro O‘zbekistondan Qirg‘izistonga olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan 64 ming AQSH dollarini paypog‘iga yash…
15:07 / 08.10.2026
O‘zbekistondagi kiberjinoyatlarning 90 foizi xorijdan sodir etilmoqda

O‘zbekistondagi kiberjinoyatlarning 90 foizi xorijdan sodir etilmoqda

O‘zbekistonda sodir etilayotgan kiberjinoyatlarning 90 foizi chet davlatlardan turib amalga oshirilmoqda. Bu haqda Ichki ish…
11:45 / 08.10.2026
AQShda 13 harbiyni otib o‘ldirgan shaxs 3-dekabr kuni qatl qilinadi

AQShda 13 harbiyni otib o‘ldirgan shaxs 3-dekabr kuni qatl qilinadi

Pentagon ma’lum qilishicha, AQSh armiyasi 2009-yilda Fort-Xud harbiy bazasida 13 nafar harbiyni otib o‘ldirgan shaxsga nisba…
11:19 / 09.10.2026
Qozog‘iston Shimoliy Orol dengizi sathini 44 metrgacha ko‘tarmoqchi

Qozog‘iston Shimoliy Orol dengizi sathini 44 metrgacha ko‘tarmoqchi

Qozog‘iston hukumati kelgusi besh-olti yil ichida Shimoliy Orol dengizidagi suv sathini 44 metrgacha ko‘tarishni rejalashtir…
15:18 / 08.10.2026
Tramp Oq uy matbuot kotibi lavozimiga Keti Zaxariyani tayinladi

Tramp Oq uy matbuot kotibi lavozimiga Keti Zaxariyani tayinladi

AQSH Prezidenti Donald Tramp Keti Zaxariyani Oq uyning yangi matbuot kotibi etib tayinlaganini e’lon qildi. U avgust oyi oxi…
09:29 / 10.10.2026
Buxoroda 500 dollar evaziga tibbiy ma’lumotnoma va’da qilgan shifokor ushlandi

Buxoroda 500 dollar evaziga tibbiy ma’lumotnoma va’da qilgan shifokor ushlandi

Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida akademik ta’til olish uchun tibbiy ma’lumotnoma tayyorlab berishni va’da qilib, 500 A…
13:03 / 10.10.2026
Turkiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanadi

Turkiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanadi

15 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarga qo‘shimcha cheklovlar bilan ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishga ruxsat beriladi.
17:20 / 10.10.2026
“Real Sanjik” ishi: Sanjar Karimovga chiqarilgan hukm o‘zgarishsiz qoldirildi

“Real Sanjik” ishi: Sanjar Karimovga chiqarilgan hukm o‘zgarishsiz qoldirildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida 8-oktabr kuni “Real Sanjik” nomi bilan tanilgan tadbirkor Sanjar Karimovga n…
17:51 / 08.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!