Germaniyaning Gemer shahrida rus shoiri Aleksandr Pushkinga o‘rnatilgan bronza haykal noma’lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketildi. Hodisa yuzasidan mahalliy politsiya tergov harakatlarini boshlagan. Rossiyaning Germaniyadagi elchixonasi ma’lum qilishicha, balandligi qariyb 1,8 metr bo‘lgan yodgorlik Gemer shahriga Rossiyaning Shchyolkovo shahri tomonidan sovg‘a qilingan va Tinchlik bog‘iga o‘rnatilgan edi.
Elchixona ushbu hodisani afsus bilan qarshi olib, haykal tez orada topilib, o‘z joyiga qaytarilishiga umid bildirgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, haykal 1994-yil 24-sentyabr kuni tantanali ravishda ochilgan bo‘lib, u Rossiya va Germaniya xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro anglashuv ramzi sifatida qad rostlagan. Yodgorlik ukrainalik haykaltarosh Grigoriy Pototskiy tomonidan ishlangan. Politsiya dastlabki ma’lumotlarga tayanib, o‘g‘rilik juma kuni soat 10:00 dan shanba kuni soat 10:00 oralig‘ida sodir etilganini bildirdi. Voqea joyiga kelgan guvoh ertalab haykalning faqat poydevori qolganini ko‘rgan.
Huquq-tartibot idoralari yodgorlikning og‘irligi sabab o‘g‘rilikni bir necha kishi sodir etgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Tergovchilar jinoyat maxsus jihozlar va transport vositasi yordamida amalga oshirilgan bo‘lishi ehtimolini ham ko‘rib chiqmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!