O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning (OHIChK) yettinchi sammitida mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish va yangi tahdidlarga qarshi birgalikda harakat qilish zarurligini ta’kidladi. Davlat rahbari, shuningdek, texnologik ishonch, sun’iy intellektdan mas’uliyatli foydalanish va iqlim barqarorligi bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surdi.
Prezidentning ta’kidlashicha, dunyoda chuqur geosiyosiy o‘zgarishlar va yangi tahdidlar yuzaga kelayotgan bir sharoitda davlatlar o‘rtasida yaqin hamkorlik va muvofiqlashtirilgan qarorlar qabul qilish muhim ahamiyatga ega. U barcha nizo va kelishmovchiliklarni xalqaro huquq, siyosiy-diplomatik vositalar hamda tomonlar manfaatlarini hisobga olgan holda hal etishga chaqirdi.
Shavkat Mirziyoyev Yaqin Sharqdagi vaziyat, xususan, G‘azodagi gumanitar holat yuzasidan tashvish bildirdi va mintaqada tezroq tinchlik hamda barqarorlik o‘rnatilishi tarafdori ekanini ta’kidladi.
Sammitda Osiyoda ishonch infratuzilmasini shakllantirish konsepsiyasini ishlab chiqish taklif etildi. Ushbu hujjatda Kengashni uzoq muddatli rivojlantirish yo‘nalishlari, davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni kuchaytirish va hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belgilanishi nazarda tutilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti sun’iy intellektdan mas’uliyatli foydalanish va texnologik ishonchni mustahkamlash bo‘yicha Osiyo tashabbusini ilgari surdi. Iqlim barqarorligi sohasida esa suvni tejaydigan texnologiyalarni birgalikda joriy etish, yashil energetikani rivojlantirish va atrof-muhit holatini muntazam kuzatib borishga qaratilgan sheriklikni yo‘lga qo‘yish taklif qilindi.
O‘zbekiston ta’lim, madaniyat va gumanitar aloqalarni rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratmoqda. Shu munosabat bilan mamlakat kelgusi yili Inson salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha forumni o‘tkazishga tayyorligini bildirdi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston OHIChKning tashkiliy asoslarini mustahkamlash va nizomini takomillashtirish bo‘yicha ishlarni qo‘llab-quvvatl
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!