O‘zbekistonda 2027-yilda 3 million 700 ming gektar yaylovni qayta tiklash va hosildorligini oshirish rejalashtirilmoqda. Bu vazifalar yaylovlar degradatsiyasining oldini olish va suv ta’minotini yaxshilashga bag‘ishlangan taqdimotda belgilandi.
Ma’lum qilinishicha, mamlakatda jami 21 million 255 ming gektar yaylov mavjud bo‘lib, ularning atigi 40 foizidan samarali foydalanilmoqda. Joriy yil yakunigacha 620 ming gektar yaylovni qayta tiklash, degradatsiyaga uchragan maydonlarni 10 foizga qisqartirish ko‘zda tutilgan. 2027-yilda esa degradatsiyalangan yaylovlar maydonini 20 foizga kamaytirish rejalashtirilgan.
Yaylovlarning suv ta’minotini yaxshilash maqsadida qo‘shimcha 448 ta quduq qazish va 2027-yilda 1,5 million gektar maydonni suv bilan ta’minlash belgilangan. Shuningdek, 2026-yil yakunigacha 1 600 ta quduq ta’mirlanadi. Byudjetdan ajratilgan 100 milliard so‘m hisobidan 2026–2028-yillarda jami 323 ta sug‘orish inshooti qurilishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, yaylovlardan chorvachilik bilan bir qatorda ekoturizm, asalarichilik, dorivor o‘simliklar yetishtirish, ko‘chatchilik, ovchilik va pillachilik maqsadlarida ham foydalanishga ruxsat beriladi. Bunda yaylovlarning tabiiy holatini saqlash va qayta tiklanishini ta’minlash talab etiladi.
Belgilangan chora-tadbirlar yaylovlar hosildorligini oshirish, degradatsiyani kamaytirish va suv ta’minotini yaxshilashga qaratilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!