Rossiya Tashqi ishlar vazirligi xorij fuqarolari, jumladan, diplomatik missiyalar xodimlarini Ukrainaga bormaslik va mamlakat hududida bo‘lmaslik haqida ogohlantirdi.
Vazirlik bayonotida mazkur tavsiya Rossiya Qurolli kuchlari tomonidan Kiyev va Ukrainaning boshqa shaharlaridagi harbiy ahamiyatga ega obyektlarga zarbalar berilayotgani bilan izohlangan.
Rossiya TIV xorijliklarni, ayniqsa, Kiyevda bo‘lib turganlarni shaharni tark etishga chaqirgan. Shuningdek, Ukraina fuqarolariga harbiy va ma’muriy infratuzilma obyektlariga yaqinlashmaslik tavsiya etilgan.
Vazirlik bunday ogohlantirishlarga amal qilmagan shaxslar yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlar uchun o‘zlari javobgar bo‘lishini bildirgan.
Rossiya TIV shu kabi ogohlantirishni 25-may kuni ham e’lon qilgan edi. O‘shanda Moskva buni Ukrainaning Lugansk viloyatidagi Starobelsk pedagogika kollejiga zarbasi ortidan Kiyevdagi harbiy-sanoat obyektlariga hujumlar kuchaytirilgani bilan izohlagan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!