Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni qayta ishlab, sotish bilan shug‘ullangan uch nafar fuqaro tomonidan tashkil etilgan narkolaboratoriya fosh etildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida ko‘p qavatli uylardan biridagi xonadonda faoliyat yuritgan laboratoriya aniqlangan. Ushlangan fuqarolar 2003 va 2005-yillarda tug‘ilgan.
Xolislar ishtirokida xonadondan 5 kilogramm 863 gramm pregabalin moddasi, 100 ming dona bo‘sh kapsula, ikkita elektron tarozi, tibbiy qo‘lqoplar va boshqa buyumlar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 276-1-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!