Prezident Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan Koreya Respublikasining Inchxon shahrida o‘tkazilgan “FIRST Global Challenge” xalqaro robototexnika musobaqasida jahon chempioni bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasi vakillari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Jamoa dunyoning qariyb 190 ta mamlakati yoshlari ishtirok etgan musobaqada rekord natijaga erishgan.
Farmonga muvofiq, robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiysi Ziyodulla Bo‘taxonov “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan mukofotlandi.
Terma jamoa sardori Ibroxim Salomov, texnik murabbiy Abdullox Abdujabborov hamda jamoa a’zolari Shoxruxbek Akbarov, Akbarshox Kosimov, Ayubxon Miraxmedov, Umarbek Pardayev, Shukrullo Sodiqov, Maxkambek Teshabayev, Jasurbek Tojiqo‘ziyev, Baxodir Urmanov va Xondamir Urmanov “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi.
Shuningdek, terma jamoa menejerlari Safina Teshabayeva va Hasanxon Yusupxo‘jayev ham “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlandi.
Farmonda jamoa vakillarining xalqaro miqyosdagi yutug‘i, mamlakat nufuzini oshirishga qo‘shgan hissasi hamda yoshlarni ilm-fan, ilg‘or texnologiyalar va innovatsiyalarga jalb etishdagi faoliyati e’tirof etilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!