Sudya Karli Kirni Las-Vegasda bo‘lib o‘tgan sud majlisida South Side Compton Crips jinoiy guruhining sobiq yetakchisi Devisga nisbatan hukmni e’lon qildi. Sud qaroriga ko‘ra, u 40 yildan umrbod ozodlikdan mahrum etildi. Shuningdek, jazo muddatiga avval o‘talgan 731 kun hisobga olinadi.
63 yoshli Devis 1996-yil sentyabrida, o‘sha paytda 25 yoshda bo‘lgan Tupak Shakur otib o‘ldirilgan voqea bo‘yicha uzoq davom etgan tergovdan so‘ng aybdor deb topilgan. Devis avvalroq reperning o‘ldirilishiga aloqador voqealar haqida ochiq bayonotlar bergan.
Sud hukmidan so‘ng Tupak Shakurning qarindoshlari Devisning aybdor deb topilganidan mamnunlik va yengillik his qilayotganlarini bildirgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!