Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda sezildi.
Bugun, 14-oktyabr kuni Qirg‘izistonning Botken viloyatida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, yer qimirlashi soat 13:50 da yuz bergan. Zilzila magnitudasi 3,4, chuqurligi 10 kilometrni tashkil etgan.
Zilzila epitsentri Toshkentdan 251 km janubiy-sharqda, Qirg‘izistonning Botken viloyatida joylashgan. Uning koordinatalari 40,16 daraja shimoliy kenglik va 71,82 daraja sharqiy uzunlikni tashkil etgan.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
Farg‘ona tumanida 2-3 ball, 18 km;
Quvasoy shahrida 2-3 ball, 20 km;
Farg‘ona shahrida 2 ball, 25 km;
Marg‘ilon shahrida 2 ball, 34 km.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatida zilzila sodir bo‘lgan edi va O‘zbekistonda sezilgandi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!