$
11964.27 UZS
-9.75
₽
144.49 UZS
-0.09
€
13323.41 UZS
-109.05
31° Kechasi 18°

Ofis xodimlari: Ularga qanday kasalliklar xavf soladi?Kasallikning oldini olish chora-tadbirlari bilan tanishing

10:43 / 09.10.2024

Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi yillarda dunyo aholisi orasida suyak, tomir va bo‘g‘im xastaliklari soni keskin ortib bormoqda. Bunga esa asosan kamharakatlik va jismoniy faollikning yetishmasligi sabab bo‘lyapti.

Sir emas, bugun ko‘pchilik insonlar ish yoki o‘qish sababli asosiy vaqtini kompyuter qarshisida o‘tkazadi. Ularning nazdida tinch va osoyishta xonada xotirjam ishlash kasbiy xavf-xatarlardan xolidek tuyiladi.

Biroq bunday sharoitda mehnat qilishning ham o‘ziga yarasha muammolari yo‘q emas. Agar ulardan o‘z vaqtida himoyalanmasa, salomatlikda jiddiy o‘zgarishlarni paydo qilishi mumkin.

Xususan, aksariyat ofis xodimlari bosh og‘rig‘i, surunkali charchoq, ko‘z achishishi yoki qizarishi, bel va bo‘g‘im og‘riqlari, qorin dam bo‘lishi hamda oyoq uvushishi kabi muammolardan shikoyat qiladi. Ushbu holat zamonaviy tibbiyotda “ofis xodimi sindromi” deyiladi.

Albatta, bu muammo o‘z-o‘zidan yuzaga kelmaydi. Xususan, xizmat taqozosi bilan bir joyda o‘tirib ishlaydigan kishilar kamharakat bo‘lishadi. Bilamizki, jismoniy faollik sust bo‘lsa, tanada qon aylanishi me’yorda kechmaydi. Oqibatda insonda ortiqcha vazn va semizlik kelib chiqadi.

Shuningdek, harakatsiz holatda (ko‘pincha engashib o‘tirish) uzoq vaqt o‘tirilganda bo‘g‘imlar “qotib” qoladi. Qon yetib kelishi to‘liq bajarilmagani bois oyoq uvushadi. Shu bilan birga, mazkur holat bavosir tugunlarining hosil bo‘lishi, kichik tos a’zosi bezovtaliklari hamda vena qon tomirlarida varikoz kengayishiga olib keladi.

Bundan tashqari, uzoq vaqt bir joyda va kompyuter qarshisida o‘tirib ishlash tufayli organizmda yana bir muammo – quruq ko‘zlar sindromi paydo bo‘ladi. Oqibatda ko‘z ichi qizarish (achishish, yoshlanish) holati ko‘p kuzatiladi.

Xo‘sh, bunday muammolardan xalos bo‘lish uchun qanday tavsiyalarga amal qilish zarur?

Avvalo, xonada stol, stul va kompyuterning to‘g‘ri joylashishiga e’tibor berish kerak. Bel va bo‘yin og‘riqlarining oldini olish uchun kompyuter monitorini ko‘zning tekisligida o‘rnatish va stulning belga yordam beruvchi orqasi bo‘lishiga ahamiyat berish lozim.

Har bir ofis xodimi ish vaqti davomida (imkon qadar har bir-ikki soatda) 5-10 daqiqalik tanaffus qilishi maqsadga muvofiq. Bu paytda bir necha marotaba o‘tirib, turish, gavdani yon tomonga harakatlantirish, boshni soat mili bo‘ylab aylantirish, lift o‘rniga zinadan foydalanish tavsiya etiladi.

Bel og‘riqlaridan himoyalanishda kursi suyanchig‘iga maxsus ortopedik yostiq o‘rnatish maqsadga muvofiq. Hatto, bunday yostiqlar bavosir bilan og‘rigan kishilar uchun ham tavsiya etiladi.

Har ikki soatda bo‘yin mushaklari uchun mashq bajarilishi, bo‘yin osteoxondrozi profilaktikasi hisoblanadi. Ayniqsa, ensa va kurak sohasida og‘riq, uvushish kuzatilganida bunday mashqlar g‘oyat foydali.

Ofis xodimlarida tizza bo‘g‘imlarining bir xil bukilgan yoki yozilgan holatda ko‘p qolib ketishi oqibatida uning drenaj funksiyasi, oziqlanishi buziladi. Natijada artroz-bo‘g‘im kasalligi kelib chiqadi. Shu bois oyoqlar holatini almashtirib turish, o‘tirgan holda velosiped harakatlarini oldinga va orqaga bajarish, chuqur nafas chiqarib o‘tirish va chuqur nafas olgan holda turish mashqlarini bajarish kerak.

Kompyuterga uzoq vaqt qarash ko‘zlar charchashiga olib kelishi sababli ularni o‘ng, chap, tepa va pastga harakatlantirish, tez-tez yumib, ochish juda foydali. Muhimi, kompyuter qarshisida uzoq vaqt o‘tirmaslik, har 20 daqiqada 20 soniya 6 metr masofaga qarash ko‘zlar charchashining oldini oladi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.


salomatlik


														
														Londondagi qadimiy tobutdan topilgan skelet kimga tegişli ekani aniqlandi

Londondagi qadimiy tobutdan topilgan skelet kimga tegişli ekani aniqlandi

Londondagi Vestminster abbatligidan topilgan, qariyb 150-yildan beri sir bölib kelgan skelet XI asr boşlarida yaşagan Vestmi…
10:20 / 03.11.2026

														
														Solyariyga muntazam qatnagan 30 yoshli ayol melanoma sabab vafot etdi

Solyariyga muntazam qatnagan 30 yoshli ayol melanoma sabab vafot etdi

Angliyaning Manchester shahrida yashagan 30 yoshli Chelsi Tantum teri saratonining xavfli turi — melanomadan vafot etdi. U 1…
09:58 / 16.10.2026

														
														Semizlik 2024 yilda 3,7 mln kishining o‘limiga sabab bo‘lgan

Semizlik 2024 yilda 3,7 mln kishining o‘limiga sabab bo‘lgan

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda dunyo bo‘yicha semizlik 3,7 mln kishining o‘limig…
10:05 / 08.10.2026

														
														Vabodan vafot etgani aytilgan ayolning rasmiy tashxisi ma’lum qilindi

Vabodan vafot etgani aytilgan ayolning rasmiy tashxisi ma’lum qilindi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida vabo yuqtirgani gumon qilingan 27 yoshli ayol pnevmoniyadan vafot etgani ma’lum qilindi. Rosp…
10:15 / 05.10.2026

														
														Moskvadagi aeroport hojatxonasidan ayol va chaqaloq jasadi topildi

Moskvadagi aeroport hojatxonasidan ayol va chaqaloq jasadi topildi

2-oktabr kuni Moskva yaqinidagi Sheremetevo aeroportining uchib kelish zonasidagi hojatxonadan ayol va yangi tug‘ilgan chaqa…
14:55 / 03.10.2026

														
														Irkutskdagi xavfli yuqumli kasallik haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi

Irkutskdagi xavfli yuqumli kasallik haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi

Ijtimoiy tarmoqlar va ayrim axborot manbalarida Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘ta xavfli yuqumli kasallikka gumon qilingan…
09:45 / 03.10.2026

														
														Isroilda hantavirus bilan kasallanishning ilk holati aniqlandi

Isroilda hantavirus bilan kasallanishning ilk holati aniqlandi

Isroilda hantavirus bilan kasallanishning birinchi holati qayd etildi. Bu haqda The Jerusalem Post xabar berdi.
10:12 / 08.05.2026

														
														“Sikada” shtammi: xavotirga o‘rin yo‘q

“Sikada” shtammi: xavotirga o‘rin yo‘q

So‘nggi paytlarda COVID-19’ning “Sikada” (BA.3.2) shtammi haqida xabarlar tarqalmoqda.
10:35 / 17.04.2026

														
														Hindistonda yo‘tal siroplari vaqtincha taqiqlandi

Hindistonda yo‘tal siroplari vaqtincha taqiqlandi

Rasmiylar vafot etgan bolalarning uyidan topilgan siroplarni vaqtincha sotishni to‘xtatdi.
20:42 / 03.10.2025

														
														O‘zbekistondagi tibbiyot islohotlari “The Lancet”da e’tirof etildi

O‘zbekistondagi tibbiyot islohotlari “The Lancet”da e’tirof etildi

Toshkentdagi xalqaro akademik markaz — mintaqaviy innovatsion markazga aylanmoqda;
17:09 / 26.09.2025

Bu ham qiziq

Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga olib ketilişi mumkin

Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga olib ketilişi mumkin

Özbekistonda yöl harakati qoidalarini buzganlik uçun belgilangan jarima 60 kun içida tölanmasa, haydovçining transport vosit…
10:01 / 10.11.2026
Özbekiston terma jamoasining noyabr oyidagi yiğin uçun tarkibi e’lon qilindi

Özbekiston terma jamoasining noyabr oyidagi yiğin uçun tarkibi e’lon qilindi

Özbekiston milliy terma jamoasining joriy yil noyabr oyida FIFA kunlari doirasida ötkaziladigan yiğin uçun tarkibi ma’lum bö…
11:27 / 09.11.2026
Germaniyada XIII asrga oid qasr 1 yevroga sotuvga qöyildi

Germaniyada XIII asrga oid qasr 1 yevroga sotuvga qöyildi

Germaniyaning Bad-Dyuben şahri ma’muriyati investorlarni jalb qiliş maqsadida XIII asrga oid Şnadits qasrini atigi 1 yevroga…
10:13 / 10.11.2026
Özbekistonda “1 ming muhandis-konstruktor” dasturi boşlanadi

Özbekistonda “1 ming muhandis-konstruktor” dasturi boşlanadi

Kelgusi yildan Özbekistonda “1 ming muhandis-konstruktor” dasturini amalga oşiriş boşlanadi. Dastur doirasida mahalliy mutax…
13:35 / 09.11.2026
Tramp Nvidia rahbarining josuslikda gumonlangan ayol bilan munosabati haqida gapirdi

Tramp Nvidia rahbarining josuslikda gumonlangan ayol bilan munosabati haqida gapirdi

AQŞ prezidenti Donald Tramp Nvidia boş direktori Jensen Xuangning Xitoy foydasiga josuslik qilişda gumonlanayotgan ayol bila…
10:08 / 10.11.2026
Namangandagi boğçada 5 yoşli qiz zörlangani böyiça sud işi 18-noyabr kuni yopiq tarzda bölib ötadi

Namangandagi boğçada 5 yoşli qiz zörlangani böyiça sud işi 18-noyabr kuni yopiq tarzda bölib ötadi

Sudning ajrimiga asosan, mazkur jinoyat işi 18-noyabr kuni körib çiqiş uçun tayinlangan bölib, jabrlanuvçi voyaga yetmaganli…
11:02 / 11.11.2026
Polşada şahar markazida otişma sodir böldi

Polşada şahar markazida otişma sodir böldi

7-noyabr kuni Polşadagi Krakov şahrining Boş bozor maydonida otişma sodir böldi.
10:38 / 08.11.2026
Özbekistonda kuniga örtaça 12 ta yöl-transport hodisasi sodir bölmoqda

Özbekistonda kuniga örtaça 12 ta yöl-transport hodisasi sodir bölmoqda

Özbekistonda 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida 3 391 ta yöl-transport hodisasi (YTH) qayd etildi. Bu bir kunda örtaça 12 …
15:24 / 10.11.2026
11-noyabr kungi ob-havo ma’lumoti

11-noyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Respublika bo‘ylab havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik kuzatiladi.
17:21 / 10.11.2026
“Fidoyi volontyor” kökrak nişoni ta’sis etiladi

“Fidoyi volontyor” kökrak nişoni ta’sis etiladi

“Volontyorlik faoliyatini yanada ommalaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Prezident Farmoni (PF–240-son, 06.1…
17:33 / 10.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!