$
12055.90 UZS
44.25
₽
144.16 UZS
0.99
€
13572.53 UZS
109.87
31° Kechasi 18°

O‘zbekiston tovar-xomashyo birjasida paxta yog‘i va sement narxi pasaydi

20:06 / 21.02.2022

“O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” ochiq savdolarida 14-20 fevral kunlari jami 2 trillion 259,1 milliard so‘mlik tovar resurslari sotilgan. Bu haqida birja matbuot xizmati xabar berdi.

Sotuvchi korxonalar mahsulotlarni tasdiqlangan jadvallarga rioya qilgan holda birja savdolariga qo‘ygan. O‘tgan haftada birja savdolarida 1308,0 tonna paxta yog‘i sotilgan. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 54 xaridor ishtirok etgan. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 262,0 tonnani tashkil qilgan.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta yog‘ining kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 16 million 145,4 ming so‘mdan 15 million 20,5 ming so‘mgacha, ya’ni 7,0 foizga pasaygan.

Qayd etilishicha, o‘tgan hafta mobaynida birja savdolarida 118 ming 615,0 tonna syement sotilgan. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 23,7 ming tonnani tashkil qilgan.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda sementning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 571,6 ming so‘mdan 566,3 ming so‘mgacha pasaygan. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 307 xaridor ishtirok etgan.

Shuningdek, o‘tgan hafta mobaynida birja savdolariga 2267,0 tonna polietilen qo‘yilgan va ulardan barcha hajmi sotilgan. Polietilenning o‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 453,0 tonnani tashkil qilgan.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda polietilenning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 19 million 363,5 ming so‘mdan 18 million 71,4 ming so‘mgacha, ya’ni 6,7 foizga pasaygan. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 62 xaridor ishtirok etgan.


Bu ham qiziq

Germaniyada 13 yoshga to‘lmagan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlash rejalashtirilmoqda.

Germaniyada 13 yoshga to‘lmagan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlash rejalashtirilmoqda.

Hukumat, shuningdek, platformalarga dastlabki bosqichdanoq bolalar xavfsizligini hisobga olish majburiyatini yuklamoqchi.
08:37 / 19.10.2026
Komil Allamjonov Trampning maxsus yordamchisi bilan uchrashdi

Komil Allamjonov Trampning maxsus yordamchisi bilan uchrashdi

“Bugun AQSh Prezidentining maxsus yordamchisi, Milliy xavfsizlik kengashining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha katta direk…
09:09 / 17.10.2026
Oq Uy matbuot kotibi 5 kunlik ishdan keyin lavozimidan bo‘shatildi

Oq Uy matbuot kotibi 5 kunlik ishdan keyin lavozimidan bo‘shatildi

Avvalroq, AQSh rahbari Zaxariyani Oq Uy matbuot kotibi etib tayinlagan edi.
16:19 / 17.10.2026
O‘zbekiston energetikasining 2050-yilgacha bo‘lgan Milliy bosh rejasi ishlab chiqiladi

O‘zbekiston energetikasining 2050-yilgacha bo‘lgan Milliy bosh rejasi ishlab chiqiladi

O‘zbekistonda ilk bor energetika sohasining 2050-yilgacha bo‘lgan Milliy bosh rejasi ishlab chiqilib, ochiq e’lon qilinadi. …
15:39 / 16.10.2026
Shomurodovning goli va golli uzatmasi “Istanbul Bashakshehir”ga g‘alaba keltirdi

Shomurodovning goli va golli uzatmasi “Istanbul Bashakshehir”ga g‘alaba keltirdi

18-oktyabr kuni Turkiya Superligasining sakkizinchi turida “Istanbul Bashakshehir” o‘z maydonida “Gaziantep”ni 2:1 hisobida …
09:46 / 19.10.2026
Qizil kitobga kiritilgan qo‘ng‘ir ayiqni ovlaganlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qizil kitobga kiritilgan qo‘ng‘ir ayiqni ovlaganlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida Qizil kitobga kiritilgan bir dona Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘i va uch dona yovvoyi t…
09:57 / 18.10.2026
Peruda yangi o‘simlik turiga Lionel Messi nomi berildi

Peruda yangi o‘simlik turiga Lionel Messi nomi berildi

Peruda aniqlangan, yo‘qolib ketish xavfi ostidagi yangi o‘simlik turi argentinalik futbolchi Lionel Messi sharafiga Salvia m…
09:58 / 19.10.2026
Toshkentda havo ifloslanishi me’yordan 11,6 baravar oshdi

Toshkentda havo ifloslanishi me’yordan 11,6 baravar oshdi

2026-yil 19-oktyabr kuni soat 09:00 holatiga ko‘ra, Toshkent shahrida havo sifati indeksi 153 AQI ni tashkil etdi. IQAir ma’…
11:13 / 19.10.2026
Sirdaryoda ayolga shahvoniy shilqimlik qilgan erkak 5 sutkaga qamaldi

Sirdaryoda ayolga shahvoniy shilqimlik qilgan erkak 5 sutkaga qamaldi

Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida savdo bilan shug‘ullanuvchi ayolga shahvoniy shilqimlik qilgan erkakka nisbatan sud q…
10:02 / 18.10.2026
Qibrayda 7 kg marixuana, pnevmatik qurol va patronlar topildi

Qibrayda 7 kg marixuana, pnevmatik qurol va patronlar topildi

Toshkent viloyatining Qibray tumanida muqaddam sudlangan fuqaroning ijaraga olgan yer maydonidagi konteynerlardan 7 kilogram…
09:35 / 19.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!