$
11973.48 UZS
38.11
₽
146.59 UZS
1.01
€
13436.64 UZS
4.57
31° Kechasi 18°

“Qora pantera”dan “Avatar”gacha: barcha davrlarning o‘nta eng kassabop filmi

14:26 / 25.07.2022

Bir necha kun avval “Marvel” kompaniyasi “Qora pantera: Abadiy Vakanda” filmining debyut treylerini e’lon qildi. Video San-Diyegodagi “Comic con-2022” festivali doirasida namoyish etildi. Ushbu film nafaqat kompaniya balki dunyoning eng ko‘p daromadli filmlaridan biriga aylanishi kutilmoqda.

Ba’zan tomoshabin nafaqat filmni, balki millionlab tomoshabinlar tomonidan tan olingan va voqealarga boy kartina tomosha qilishni istaydi. “Paste” jurnali reytingiga asoslanib, dunyo kinosi tarixida eng ko‘p daromad keltirgan 10 ta film ro‘yxatini e’tiboringizga havola etamiz.

“Qora pantera”

Kassa: 1,34 milliard dollar
Chiqarilgan yili: 2018-yil

Vakanda qirolligi va uning yuqori rivojlanish darajasi kam odamga ma’lum, ammo bu davlatning chinakam rivojlanishiga to‘sqinlik qilmaydi. Mamlakat muvaffaqiyatining siri metall vibraniumdir. Dushmanlar hech narsada to‘xtamasdan Vakanda boyliklariga erishmoqchi bo‘ladi. Bosqinchilarning barcha rejalari har doim Qora Pantera ismli qahramon tomonidan yo‘q qilinadi. Ammo yovuzlardan biri hali ham Vakanda sirlarini o‘rganishda davom etadi

“Qasoskorlar: Ultron davri”

Kassa: 1,40 milliard dollar
Chiqarilgan yili: 2015-yil

Yana bir bor koinot tahdid ostida. Isyonkor sun’iy intellekt Ultron odamlarni yo‘q qilish bilan tahdid qilmoqda. Faqatgina Qasoskorlar dahshatli ssenariyni to‘xtatib, yovuzlik tomoniga o‘tib ketgan superkompyuterga qarshi kurashishlari mumkin. Ammo superqahramonlar har birining qo‘rquvini yengib, jamoadagi ichki qarama-qarshiliklarga dosh bera olishi kerak bo‘ladi?

“Muzyurak 2”

Kassa: 1,45 milliard dollar
Chiqarilgan yili: 2019-yil

Elzaning sarguzashtlari tugagandek ko‘rinadi va u Arendelleda tinchlikda yashashi, mamlakatni boshqarishi va oilaviy farovonlikdan bahramand bo‘lishi mumkin. Ammo to‘satdan qiz yordam so‘ragan sirli ovozni eshita boshlaydi. Elza singlisi Anna va do‘stlari Kristof, Olaf, Sven bilan birga yana sayohatga boradi. Xavf va to‘siqlar jamoaga yanada kuchliroq birlashishga va qadimgi afsonalarda yashiringan narsalar haqida ko‘p narsalarni o‘rganishga imkon beradi.

“Qirol sher”

Kassa: 1,65 milliard dollar
Chiqarilgan yili: 2019-yil

Arslon bolasi Simbaning hikoyasi haligacha bolalarni ham, kattalarni ham befarq qoldirmaydi. Multfilm yangilangan versiyasining hayratlanarli realizmi Simbani yanada empatik ko‘rinishga keltiradi. Tomoshabinlar Afrika savannalari dunyosiga sayohat qilishi, Skarning xiyonatkorligidan nafratlanishi, Pumba va Timonning g‘ayrioddiy harakatlariga kulishlari, shuningdek Simba va Nalaning sevgi hikoyasini tomosha qilishlari mumkin.

“Yura davri dunyosi”

Kassa: 1,67 milliard dollar
Chiqarilgan yili: 2015-yil

Pul topish istagi bir guruh olimlar va tadbirkorlarni dinozavrlar yashaydigan qo‘riqxona yaratishga undadi. Agar park egalari loyihaga qiziqish uyg‘otish maqsadida yangi dinozavrni yaratmasalar, hammasi yaxshi bo‘lardi. Orolning bu aholisi noyob tajovuzkorlik va shafqatsizligi bilan ajralib turadi.

“Qasoskorlar: chegarasiz urush”

Kassa: 2,05 milliard dollar
Chiqarilgan yili: 2018-yil

Tanos koinotdagi eng qudratli mavjudotga aylanadi. Bunda unga cheksizlik toshi yordam beradi. Uning keyingi maqsadi butun dunyo taqdirini boshqarishga imkon beradigan qolgan toshlarni qo‘lga kiritishdan iborat. Tanosni to‘xtatish uchun Qasoskorlar birlashishi va koinotdagi kuchlar muvozanatini tiklash uchun bor kuchini sarflashi kerak bo‘ladi.

“Yulduzlar jangi: kuchning uyg‘onishi”

Kassa: 2,06 milliard dollar
Chiqarilgan yili: 2015-yil

Imperiya nihoyat mavjud bo‘lishni to‘xtatganga o‘xshardi, lekin uning o‘rniga birinchi tartib paydo bo‘ladi. Bu shuni anglatadiki, Leia Organa o‘z vazifasiga qaytadi va zulmat kuchlari bilan kurashishga majbur bo‘ladi. Bundan tashqari, Leia yo‘qolgan Lyuk Skayuolkerni qidiradi.

Finn, Chyubacca, Xan Solo va Rey birinchi tartibga qarshi kurashga qo‘shilishadi. Po ularga to‘satdan yordamga keladi va jang paytida “R2-D2” droidi uyg‘onadi, bu esa Lyukni topishga umid beradi.

“Titanik”

Kassa: 2,21 milliard dollar
Chiqarilgan yili: 1997-yil

Aristokrat Roza va kambag‘al rassom Jekning sevgi hikoyasi, bu Titanikning qisqa sayohati fonida sodir bo‘ladi. Tomoshabinlar yoshlarning bir-birlarini qanday bilishlari va kelib chiqish farqi ularning his-tuyg‘ulariga to‘sqinlik qilmasligini tushunishadi.

“Qasoskorlar: final”

Kassa: 2,80 milliard dollar
Chiqarilgan yili: 2019-yil

Tanosning dunyo uchun narxi juda baland bo‘lib chiqdi: ko‘p odamlar halok bo‘ldi, ba’zi qasoskorlar vafot etdi, boshqalari kuchsiz va jang qilishga tayyor emas edi, kimdir hatto o‘zlarining qahramonlik o‘tmishini unutishga harakat qiladi. Ammo Skott Langning (Chumoli odam) kvant olamidan qaytishi dunyoga umid baxsh etadi. Qasoskorlar birlashib, vaqtni orqaga qaytarishadi.

“Avatar”

Kassa: 2,85 milliard dollar
Chiqarilgan yili: 2009-yil

Ayni paytda “Avatar” eng ko‘p daromad keltirgan filmdir. Bu kartinada hatto noyob maxsus effektlar ham mavjud emas. Ko‘plab tomoshabinlar ajoyib sayyora Pandora va uning aholisi haqidagi hikoyaga ko‘proq e’tibor qaratishadi. Masalan aholisi haddan tashqari ko‘p va resurslardan mahrum Yer sayyorasi vakillarining oqilona va chinakam ongli Pandora gumanoidlari bilan bog‘liqligi, tabiat bilan hayratlanarli birlikda yashashi va asosiy maqsadi noyob mineral anobtaniumni olishdan iborat ekani g‘oyat ta’sirli va aniq tasvirlangan.

Aslida nogironlar aravachasida yuradigan sobiq piyoda askar Jeyk Sulli keyinchalik Pandora qahramoniga aylanadi hamda sayyora va uning aholisi taqdirini o‘zgartiradi?

Aytgancha, “Titanik” va “Avatar” filmlari rejissyori Jeyms Kemeron hisoblanadi. Shuningdek joriy yilda “Avatar: Suv yo‘li” va 2028-yilga qadar yana 3 ta fasl suratga olinishi ma’lum bo‘lib ulgurgan.



														
														Samarqandda Umra safariga yuboriş evaziga 3 ming dollar talab qilgan rahbar uşlandi

Samarqandda Umra safariga yuboriş evaziga 3 ming dollar talab qilgan rahbar uşlandi

Samarqand şahrida fuqaroni Umra ziyoratiga yuborişni va’da qilib, buning evaziga 3 ming AQŞ dollari talab qilgan turistik fi…
09:27 / 04.11.2026

														
														Bugun O‘zbekistonda havo qanday bo‘ladi?

Bugun O‘zbekistonda havo qanday bo‘ladi?

25-sentabr kuni O‘zbekiston hududida biroz bulutli ob-havo kuzatiladi. Ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
16:16 / 24.09.2026

														
														CNN, Politico va MS NOW Tramp administratsiyasini sudga berdi

CNN, Politico va MS NOW Tramp administratsiyasini sudga berdi

AQShning CNN, Politico va MS NOW nashrlari jurnalistlarining Oq uyga kirishi cheklangani ortidan Prezident Donald Tramp va u…
10:16 / 22.09.2026

														
														Turkiyalik aktrisa Erchel giyohvand moddalar iste’mol qilmaganini aytdi

Turkiyalik aktrisa Erchel giyohvand moddalar iste’mol qilmaganini aytdi

Aktrisa 27-mart kuni Istanbul aeroportida qo‘lga olingan edi.
17:47 / 28.03.2026

														
														HBO “Garri Potter” franshizasini yangicha talqinda suratga oladi

HBO “Garri Potter” franshizasini yangicha talqinda suratga oladi

Ilk film namoyishi 2027-yilga mo‘ljallangan
22:13 / 14.07.2025

														
														“Ustasi farang o‘g‘rilar 3” filmining premyera sanasi ma’lum bo‘ldi

“Ustasi farang o‘g‘rilar 3” filmining premyera sanasi ma’lum bo‘ldi

Jahon premyerasi kuzga rejalashtirilgan.
12:23 / 05.07.2024

														
														Aktyor Hyu Jekman umrining qolgan qismini xayriyaga bag‘ishlamoqchi

Aktyor Hyu Jekman umrining qolgan qismini xayriyaga bag‘ishlamoqchi

2023-yilda aktyor 27 yil davomida birga yashagan turmush o‘rtog‘i Deborra Li bilan ajrashganini ma’lum qilgan edi.
12:01 / 05.07.2024

														
														“Wednesday” serialining ikkinchi mavsumi Irlandiyadagi eng qimmat filmga aylanadi

“Wednesday” serialining ikkinchi mavsumi Irlandiyadagi eng qimmat filmga aylanadi

Ma’lum bo‘lishicha, serialning bosh rol ijrochisi Jenna Ortega ikkinchi mavsumga prodyuserlik ham qiladi.
16:10 / 04.07.2024

														
														“Titanik” aktyorlari 24 yil o‘tib qanday ko‘rinishga ega

“Titanik” aktyorlari 24 yil o‘tib qanday ko‘rinishga ega

Bugun biz filmning asosiy qahramonlarini eslamoqchimiz va aktyorlar qanchalik o‘zgarganini ko‘rmoqchimiz.
12:25 / 28.06.2024

														
														Kitobidan ko‘ra kinosi qiziq chiqqan asarlar

Kitobidan ko‘ra kinosi qiziq chiqqan asarlar

Shunday filmlar ro‘yxatini sizga ulashamiz.
12:16 / 28.06.2024

Bu ham qiziq

Özbekistonda paxta yetiştiriş hajmi 5 million tonnadan oşdi: rekord natijaga qanday erişildi?

Özbekistonda paxta yetiştiriş hajmi 5 million tonnadan oşdi: rekord natijaga qanday erişildi?

2026-yilda Özbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta xomaşyosi yetiştirildi. Prezident Şavkat Mirziyoyev dehqon va…
17:11 / 05.11.2026
Qarşidagi 43-maktab ta’mirlanadi, 1-boğça örnida 360 örinli yangi bino quriladi

Qarşidagi 43-maktab ta’mirlanadi, 1-boğça örnida 360 örinli yangi bino quriladi

Qaşqadaryo viloyatining Qarşi şahridagi 43-maktab va 1-sonli maktabgaça ta’lim taşkilotining şaroiti örganildi. Boğça binosi…
13:35 / 04.11.2026
Viloyat narkologiya muassasasi faoliyatini takomillaştiriş böyiça yangi dastur işlab çiqiladi

Viloyat narkologiya muassasasi faoliyatini takomillaştiriş böyiça yangi dastur işlab çiqiladi

Viloyat narkologiya muassasasi faoliyati örganildi. Taşrifdan közlangan maqsad sohadagi mavjud holatni joyida baholaş va tiz…
09:22 / 05.11.2026
Qarşida 1,4 ming gektar yerning suv ta’minoti yaxşilanadi

Qarşida 1,4 ming gektar yerning suv ta’minoti yaxşilanadi

Qaşqadaryo viloyatining Qarşi şahrida “Çap tarmoq” kanalini betonlaştiriş va uning atrofini obodonlaştiriş işlari boşlanadi.…
15:35 / 04.11.2026
Özbekistonda paxta yetiştiriş hajmi 5 million tonnadan oşdi

Özbekistonda paxta yetiştiriş hajmi 5 million tonnadan oşdi

2026-yilda Özbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta xomaşyosi yetiştirildi. Bu mamlakat paxtaçiligi tarixidagi re…
15:53 / 05.11.2026
Buxoroda 1,7 million aholining içimlik suvi ta’minoti yaxşilanadi

Buxoroda 1,7 million aholining içimlik suvi ta’minoti yaxşilanadi

Prezident Şavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga taşrifi doirasida hudud iqtisodiyotini rivojlantiriş va aholi turmuş darajasin…
11:40 / 04.11.2026
Tailand Özbekiston fuqarolari uçun 30 kunlik vizasiz rejim joriy etişi mumkin

Tailand Özbekiston fuqarolari uçun 30 kunlik vizasiz rejim joriy etişi mumkin

Tailand turizm qömitasi Özbekiston fuqarolari uçun 30 kunlik vizasiz rejim joriy etiş taklifini ma’qulladi. Taşabbus, şuning…
11:38 / 04.11.2026
OÇL-2. «Nasaf» superkambek bilan «Al-Quvayt»ni mağlub etdi.

OÇL-2. «Nasaf» superkambek bilan «Al-Quvayt»ni mağlub etdi.

Qarşining «Nasaf» klubi Osiyo Çempionlar Ligasi 2 guruh bosqiçidagi törtinçi öyinini «Al-Quvayt» (Quvayt) klubiga qarşi ötka…
08:21 / 05.11.2026
Havo ifloslanişiga qarşi kuraş: korxonalar yopildi, yangi nazorat uskunasi işga tuşirildi

Havo ifloslanişiga qarşi kuraş: korxonalar yopildi, yangi nazorat uskunasi işga tuşirildi

Özbekistonda atmosfera havosini muhofaza qiliş böyiça nazorat tadbirlari kuçaytirilmoqda. Sönggi kunlarda ekologik talablarg…
16:34 / 04.11.2026
Turkiyadagi qurolli hujumda sakkiz kişi halok böldi

Turkiyadagi qurolli hujumda sakkiz kişi halok böldi

Turkiyaning Afyonkarahisar provinsiyasida 5-noyabr kuni sodir etilgan qurolli hujumlar oqibatida sakkiz kişi halok böldi. Hu…
14:45 / 06.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!