O‘qituvchi va murabbiylar bilan uchrashuvda dunyoda bilim yaratish, axborot tarqatish va mehnat qilish usullari jadal o‘zgarayotgani qayd etildi. Sun’iy intellekt matn tayyorlashi, dastur yozishi va ma’lumotlarni tahlil qilishi mumkin. Biroq hech bir texnologiya bolaning qalbiga ustozdek yo‘l topib, unda Vatanga muhabbat va mas’uliyat tuyg‘usini shakllantira olmasligi ta’kidlandi.
Uchrashuvda Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’lim va ilm-fan fidoyilarining bir guruhini davlat mukofotlari bilan taqdirlash to‘g‘risidagi farmonni imzolaganini ma’lum qildi. Mukofot sohiblari orasida pedagoglar bilan birga ta’lim rivojiga hissa qo‘shayotgan tadbirkorlar va xorijlik hamkorlar ham bor. Tadbir davomida davlat mukofotlari o‘z egalariga topshirildi.
Shavkat Mirziyoyev mukofot sohiblarini tabriklar ekan, “Ishoning, men ularni ko‘ksingizga taqib, sizlardan ham ko‘proq xursand bo‘lyapman”, — dedi.
Shuningdek, ta’limning barcha bo‘g‘inlaridagi ilg‘or pedagoglarni rag‘batlantirish maqsadida jadid bobomiz Abdulla Avloniy nomidagi alohida davlat mukofotini ta’sis etish taklif qilindi. Uning ilk sohiblarini kelasi yilgi bayram arafasida e’lon qilish va taqdirlash ko‘zda tutilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!