Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab va oliy ta’lim tizimidagi islohotlarning navbatdagi vazifalariga oid taqdimotlar bilan tanishdi.
Yangi avlod darsliklarini joriy etish doirasida 2027-yilgacha 1 342 nomdagi darslik va o‘quv-metodik material tayyorlanadi. Yangi ta’lim mazmunida o‘quvchilarning tanqidiy va mustaqil fikrlashi, ijodkorligi, shuningdek, raqamli, moliyaviy va ekologik savodxonligini rivojlantirishga e’tibor qaratiladi. Ayni paytda 5 mingta maktabda yangi baholash tizimi joriy etilgan.
Oliy ta’limda dual ta’limni kengaytirish vazifasi belgilandi. Uchinchi va to‘rtinchi bosqich talabalarining kamida 80 foizini, ya’ni 185 ming nafar yoshni dual ta’lim bilan qamrab olish maqsad qilingan. Bu orqali korxonalarning kadrlar tayyorlashdagi ishtirokini kuchaytirish va talabalarni o‘qish bilan birga amaliyotga jalb etish ko‘zda tutilmoqda.
Shuningdek, Xitoyning Lyaonin pedagogika universiteti filialini Xiva shahrida tashkil etish masalasi ko‘rib chiqildi. Filialda xalqaro xitoy tili ta’limi, xalqaro biznes, turizm boshqaruvi va sun’iy intellekt yo‘nalishlarini ochish rejalashtirilgan.
Davlat rahbari mas’ullarga ta’lim sifatini oshirish, dual ta’limni mehnat bozori ehtiyojlari bilan bog‘lash hamda yangi xalqaro ta’lim loyihalarini samarali tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!