1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan xodimlar bir kun dam oladi. Bu yil bayram payshanba kuniga to‘g‘ri kelmoqda.
2-oktabr, juma kuni odatdagi ish tartibi davom etadi. Besh kunlik va olti kunlik ish haftasida faoliyat yuritadigan xodimlar uchun ushbu sana ish kuni hisoblanadi.
3-oktabr, shanba kuni esa ish tartibi xodimning ish haftasiga bog‘liq bo‘ladi. Besh kunlik ish haftasida ishlaydiganlar dam olsa, olti kunlik ish haftasidagi xodimlar ishga chiqadi.
Shu tariqa, bayram munosabati bilan ketma-ket bir necha kunlik dam olish kunlari nazarda tutilmagan. 1-oktabrdagi dam olish kunidan so‘ng 2- oktabrda ish faoliyati odatdagi tartibda davom etadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!