$
12044.72 UZS
-11.18
₽
145.46 UZS
1.3
€
13525.02 UZS
-47.51
31° Kechasi 18°

Surxondaryoda ayol va chaqalog‘ini molxonada saqlaganlarga sud hukmi o‘qildi

12:50 / 12.01.2026

Avvalroq, Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida erkak ayoli va uning yangi tug‘ilgan farzandiga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik qilib, ularni 5 oy davomida majburan molxonada saqlagani haqida xabar berilgandi. Ayol va uning bolasiga vahshiylarcha munosabatda bo‘lganlarga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2025-yilning 26-avgust kuni Uzun tumanidagi mahallalarning birida noma’lum ayol kishi antisanitariya holatida xonadon egalari tomonidan molxonada majburiy ushlab turilgani haqida IIBga xabar tushgan. Shunga asosan, mahalla profilaktika inspektori zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, xonadon egalarining qarshiligiga qaramasdan molxona eshigini buzgan. Natijada 1981-yilda tug‘ilgan xonadon egasi Sh.A. molxonada 1997-yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i X.G. va uning 5 oylik o‘g‘il farzandini og‘ir sharoitda majburlab saqlab kelayotgani aniqlangan. Jabrlanuvchilar zudlik bilan tibbiyot muassasasiga joylashtirilgan.

Holat o‘rganilganda xonadon egasi fuqaro Sh.A. shu xonadonda yashovchi onasi va yaqin qarindoshlari bilan oldindan til biriktirib, turmush o‘rtog‘i X.G.ni ruhiy holatidagi o‘zgarishlari borligidan (tilida nuqsoni borligi, fikrlarini to‘liq bayon qilishga qiynalishi) foydalanib, bir necha oy davomida unga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik ishlatib, majburlab, xonadon ichidagi molxonada yashirin ravishda saqlab kelgani aniq bo‘lgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Uzun tuman sudining hukmi bilan A. Sh. Jinoyat kodeksining 126-1-moddasi (oilaviy zo‘ravonlik), 127- (voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish), 25,135- (odam savdosi) va 138-moddalarida (zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish), M. Sh. (ayol, 1975-yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan), K. Sh. (ayol, 1978-yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan) va Z. A. (ayol, 1951-yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan) 104- (qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish), 127- (voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish), 25,135- (odam savdosi) va 138-moddalarida (zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan.

Sudning hukmi bilan A. Sh.ga 13 yil, M. Sh. va K. Sh.ga 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, Z. A.ga 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

O‘zbekiston

														Samarqand va Namanganda umra ziyoratini va’da qilib, pul talab qilgan ikki shaxs ushlandi

Samarqand shahri va Namangan viloyatida fuqarolarni umra ziyoratiga yuborishni va’da qilib, ulardan pul talab qilgan ikki sh…
16:07 / 20.10.2026

														O‘zbekistonda 73 turdagi mahsulot sifatsiz deb topildi

O‘zbekistonda 2026-yilning dastlabki sakkiz oyida laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazilgan 558 nomdagi mahsulotning 73 tasi…
11:43 / 20.10.2026

11:38 / 20.10.2026

														“Komaga tushgan” Kim Chen In omma oldida ko‘rinish berdi

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In miyasiga qon quyilgani va komaga tushgani haqidagi tasdiqlanmagan xabarlar tarqalgani…
11:31 / 20.10.2026

														Toshkentning to‘rt tumanida shar sabab elektr ta’minoti uzildi

19-oktyabr kuni havoda uchib kelgan shar “Aksa Toshkent” issiqlik elektr stansiyasining ochiq taqsimlash qurilmasiga tushish…
11:01 / 20.10.2026

														Toshkentda kurer bilan janjallashgan restoran xodimi 5 sutkaga qamaldi

Toshkent shahridagi “Brasserie Park” restorani oldida 17 yoshli kurer bilan janjallashib, uni haqorat qilgan erkak 5 sutkaga…
10:48 / 20.10.2026

														99 yoshli britaniyalik ayol samolyot qanotida uchib, jahon rekordini o‘rnatdi

Buyuk britaniyalik 99 yoshli Xelga Daffi samolyot qanotida parvoz qilgan eng keksa ayol sifatida Ginnesning rekordlar kitobi…
09:33 / 20.10.2026

														O‘zbekistonda 2,8 mln kishi o‘ziga kredit olishni taqiqladi

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 2 mln 841 ming 475 nafar fuqaro “Kreditga taqiq” xizmatidan foydalangan. Bu…
09:28 / 20.10.2026

														Rossiyada O‘zbekistonga olib ketilayotgan 31 kg qo‘ziqorindan seziy-137 aniqlandi

Rossiyaning Domodedovo aeroportida O‘zbekistonga uchib ketayotgan 32 yoshli yo‘lovchining yukidan tarkibida radioaktiv modda…
09:24 / 20.10.2026

														Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston – AQSH iqtisodiy hamkorligining yangi ustuvor yo‘nalishlarini belgiladi.

Muhim minerallarni chuqur qayta ishlash, ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarini tashkil etish va sun’iy intellektni joriy …
08:19 / 20.10.2026

Bu ham qiziq

Qirg‘iziston va Qozog‘istonda Ramazon oyi 8-fevralda boshlanishi kutilmoqda

Qirg‘iziston va Qozog‘iston musulmonlari diniy idoralari 2027-yilgi Ramazon oyi 8-fevralda boshlanishini prognoz qildi. Bu h…
15:31 / 19.10.2026
Toshkentda kurer bilan janjallashgan restoran xodimi 5 sutkaga qamaldi

Toshkentda kurer bilan janjallashgan restoran xodimi 5 sutkaga qamaldi

Toshkent shahridagi “Brasserie Park” restorani oldida 17 yoshli kurer bilan janjallashib, uni haqorat qilgan erkak 5 sutkaga…
10:48 / 20.10.2026
Qizil kitobga kiritilgan qo‘ng‘ir ayiqni ovlaganlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida Qizil kitobga kiritilgan bir dona Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘i va uch dona yovvoyi t…
09:57 / 18.10.2026
O‘zbekistonda 73 turdagi mahsulot sifatsiz deb topildi

O‘zbekistonda 73 turdagi mahsulot sifatsiz deb topildi

O‘zbekistonda 2026-yilning dastlabki sakkiz oyida laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazilgan 558 nomdagi mahsulotning 73 tasi…
11:43 / 20.10.2026
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston – AQSH iqtisodiy hamkorligining yangi ustuvor yo‘nalishlarini belgiladi.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston – AQSH iqtisodiy hamkorligining yangi ustuvor yo‘nalishlarini belgiladi.

Muhim minerallarni chuqur qayta ishlash, ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarini tashkil etish va sun’iy intellektni joriy …
08:19 / 20.10.2026
99 yoshli britaniyalik ayol samolyot qanotida uchib, jahon rekordini o‘rnatdi

99 yoshli britaniyalik ayol samolyot qanotida uchib, jahon rekordini o‘rnatdi

Buyuk britaniyalik 99 yoshli Xelga Daffi samolyot qanotida parvoz qilgan eng keksa ayol sifatida Ginnesning rekordlar kitobi…
09:33 / 20.10.2026
O‘zbekistonda 73 turdagi mahsulot sifatsiz deb topildi

O‘zbekistonda 73 turdagi mahsulot sifatsiz deb topildi

O‘zbekistonda 2026-yilning dastlabki sakkiz oyida laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazilgan 558 nomdagi mahsulotning 73 tasi…
11:38 / 20.10.2026
O‘zbekiston aholisi 39,5 million kishidan oshdi

O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 2026-yil 1-oktyabr holatiga 39 million 535 ming 225 kishini tashkil etdi. Bu haqda Milli…
09:41 / 19.10.2026
Peruda yangi o‘simlik turiga Lionel Messi nomi berildi

Peruda aniqlangan, yo‘qolib ketish xavfi ostidagi yangi o‘simlik turi argentinalik futbolchi Lionel Messi sharafiga Salvia m…
09:58 / 19.10.2026
Saida Mirziyoyeva AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan birgalikda Samarqandning betakror me’moriy obidasi — mashhur Registon maydonida bo‘ldi.

Jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida Marko Rubio Samarqand asrlar davomida xalqaro savdo aloqalarining muhim markazi bo‘lib k…
13:21 / 19.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!