O‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov Londondagi jangida g‘alaba qozonganidan so‘ng Manchesterga borib, “Manchester Siti” klubi mashg‘ulot bazasida futbolchi Abduqodir Husanov va uning jamoadoshlari bilan uchrashdi. Bu haqda bokschi o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.
“Biz “Manchester Siti”ning mashg‘ulot bazasiga tashrif buyurdik! Ajoyib safar uchun klubga rahmat!” — deb yozdi Jalolov.
Ma’lumot uchun, 17-oktyabr kuni Bahodir Jalolov Londonda britaniyalik bokschi Solomon Dakresga qarshi ringga chiqib, hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alaba qozondi. Ushbu natijadan so‘ng uning professional boksdagi rekordi 18 ta g‘alabaga yetdi, shundan 15 tasi nokaut bilan yakunlangan.
Shuningdek, “Manchester Siti” 17-oktyabr kuni Angliya Premyer-ligasining yettinchi turida “Ipsvich”ni 3:2 hisobida mag‘lub etgan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!