O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi matbuot kotibi Hayot Shamsuddinovning xabardor.uz’ga ma’lum qilishicha, 2025-yil 25-noyabr kunidan navbatdagi xizmat ta’tilida bo‘lgan Toshkent shahar Uchtepa tuman FVB profilaktika inspektori katta leytenant Xamidullayev Xudoyor Baxtiyor o‘g‘li joriy yil 21-dekabr kuni soat 15:00 larda Bo‘stonliq tumani, G‘azalkent MFY, Sebzor ko‘chasidagi dala hovlisida arqon bilan o‘zini bo‘yin sohasidan osilgan holda topilgan.
Marhumning o‘limi sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Hozirda holat yuzasidan Chirchiq harbiy prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!