2026-yil 5–6-oktabr kunlari Toshkent shahrida “Kiberxavfsizlik sammiti – Markaziy Yevroosiyo, CSS 2026” xalqaro tadbiri doirasida “Cyberkent 4.0” kiberxavfsizlik musobaqasi bo‘lib o‘tadi.
Musobaqa yetti yo‘nalishda tashkil etiladi: Red Team — hujumchi jamoa, Blue Team — himoyachi jamoa, ochiq topshiriqlar, Bug Bounty, CyberQuiz, Cybermuloqot va Cybermergan. Ochiq topshiriqlar yo‘nalishida CTF Master, The AI Underworld va Attack Surface AI bellashuvlari o‘tkaziladi.
Red Team va Blue Team yo‘nalishlarida 1-o‘rin sohiblariga 50 million so‘mdan, 2-o‘rin uchun 30 million so‘mdan, 3-o‘rin uchun esa 10 million so‘mdan mukofot beriladi. Ochiq topshiriqlarning har bir yo‘nalishida 1-o‘rin uchun 10 million, 2-o‘rin uchun 8 million, 3-o‘rin uchun 6 million, 4-o‘rin uchun 4 million va 5-o‘rin uchun 2 million so‘m mukofot ko‘zda tutilgan. Shuningdek, ishtirokchilar uchun yo‘nalishlar bo‘yicha 200 dan ortiq esdalik sovg‘alari tayyorlangan.
Tadbirning asosiy ochilish qismi 5-oktabr kuni soat 09:00 da Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida o‘tkaziladi. Tashkilotchilar musobaqani yoritish uchun jurnalistlar, blogerlar va OAV vakillarini taklif qilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!