Bugun, 5-sentabr kuni Alisher Bahodirovich Samadov O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi lavozimiga tayinlandi.
Ushbu tayinlov Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni bilan amalga oshirildi.
Alisher Samadov yangi lavozimga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti boshlig‘i lavozimidan ozod etildi.
Ma’lumot uchun, Samadov 2025-yil iyulidan buyon mazkur departamentga rahbarlik qilib kelayotgan edi. Bungacha esa Prezident Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!