Yaponiyaning Tokio shahrida 45 yoshli O‘zbekiston fuqarosi 10 yoshli qizga nisbatan nomaqbul harakat qilganlikda gumonlanib qo‘lga olindi. Bu haqda “Nippon” xabar berdi.
Tokio shahar politsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Shinagava tumanida yashovchi D.M. 5-iyul kuni soat 17:00 atrofida Setagaya tumanidagi xonadonlardan birida 10 yoshli qizni quchoqlab, o‘pgan. O‘sha vaqtda qiz uyda yolg‘iz bo‘lgan, kurer esa ota-onasi buyurtma qilgan ovqatni yetkazib borgan.
Qiz hodisa yuzasidan politsiyaning shoshilinch xizmatiga murojaat qilgan. Huquq-tartibot organlari gumonlanuvchini kuzatuv kameralari yozuvlari orqali aniqlab, 25-sentabr kuni qo‘lga olgan. Erkak ayblovni tan olgan va qizga nisbatan his-tuyg‘ulari sabab o‘zini tiya olmaganini bildirgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!