O‘zbekiston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov oliy ta’lim tizimiga mas’ul rahbarlarning islohotlar va istiqboldagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan taqdimotlari bilan tanishdi. Uchrashuvda ta’lim sifatini oshirish, o‘quv dasturlarini mehnat bozori talablariga moslashtirish hamda bitiruvchilarning ish bilan ta’minlanishiga ko‘maklashish masalalari muhokama qilindi.
Taqdimotlarda oliy ta’lim muassasalarida talabalarning chuqur bilim olishi, xorijiy tillarni o‘rganishi va nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llay olishiga sharoit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, yoshlarning tanlagan kasbini puxta egallashi va o‘qishni tamomlagach, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ish topishiga ko‘maklashish vazifalari ko‘rib chiqildi.
Oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatini oshirish, professor-o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga joriy etish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi.
Yig‘ilishda mavjud muammolarni chuqur tahlil qilish, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqish va belgilangan vazifalarning amaliy natijadorligini ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.
Asosiy maqsad oliy ta’lim tizimini nafaqat diplom beradigan, balki mustaqil fikrlaydigan, chuqur bilim va puxta kasbiy tayyorgarlikka ega mutaxassislarni yetishtiradigan tizimga aylantirishdan iborat.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!