Venesuelada 24-iyun kuni sodir bo‘lgan kuchli zilzilalar oqibatida halok bo‘lganlar soni 2,5 mingdan oshdi. Ayni paytda minglab odamlar bedarak deb hisoblanmoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, dastlab 2 295 nafar qurbon haqida xabar berilgan bo‘lsa, qutqaruv xizmatlarining so‘nggi hisobotiga ko‘ra, halok bo‘lganlar soni qariyb 2 600 nafarga yetgan. Muxolifat manbalari esa 38 mingdan ortiq odamning taqdiri haligacha noma’lumligini bildirmoqda. Prezident vazifasini bajaruvchi Delsi Rodriges hukumat qutqaruv ishlarini kech boshlagani haqidagi tanqidlarni rad etib, barcha kuch va vositalar zilziladan so‘ng darhol safarbar etilganini ta’kidladi.
Tabiiy ofat vaqtida magnitudasi 7,2 va 7,5 bo‘lgan ikkita kuchli zilzila qayd etilgan. Eng katta zarar La-Guayra shtatiga to‘g‘ri kelgan bo‘lib, yuzlab binolar vayron bo‘lgan. To‘qqizinchi kunga kirgan qidiruv-qutqaruv ishlarida 27 davlatdan kelgan mutaxassislar ishtirok etmoqda. Biroq so‘nggi tekshiruvlarda vayronalar ostida tirik qolganlar aniqlanmagani bois, asosiy e’tibor halok bo‘lganlarning jasadlarini qidirish va identifikatsiya qilishga qaratilgan.
Mutaxassislar qurbonlar sonining ko‘pligi sud-tibbiyot tizimiga ham jiddiy yuklama yuklaganini ta’kidlamoqda. Hukumat esa tabiiy ofatdan jabrlangan oilalarga moddiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatish ishlari davom etayotganini ma’lum qildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!