$
12075.98 UZS
63.77
157.32 UZS
-0.82
13800.43 UZS
69.27
31° Kechasi 18°

Garri Potter, Xogvarts, Dambldor: “Garri Potter” haqidagi biz bilmagan faktlar 

14:52 / 08.12.2019

“Garri Potter” filmini tomosha qilmagan yoki u haqida eshitmagan odam bo‘lmasa kerak. “Garri Potter” filmi mashhur yozuvchi Joanna Roulingning kattalar ham kichiklar ham birdek miriqib mutolaa qilishi mumkin bo‘lgan eng zo‘r asari asosida suratga olingan.
Ammo bu fantastik filmni yaratish uchun tasvirga olish jamoasi juda ko‘p ter to‘kkan, mashaqqat chekkan. Natija ham shunga arziydi! Sezib turganingizdek, bu safargi hikoyamiz afsonaviy Xogvarts, sehrli tayoqcha va Garri Potter haqida bo‘ladi... 

1.  “Garri Potter”ning asosiy hayoti o‘tgan jodugarlik va sehrgarlik maktabi Xogvartsdagi katta zal hayotda ham ko‘ringanidek juda katta. Mana shu dekoratsiyaning ichiga Londondagi 22 dona ikki qavatli avtobus bemalol sig‘ishi mumkin. Bu xonaning devorlariga siz ko‘rgan manzarani berish uchun qariyb 100 tonna gips sarflangan. Shuncha sa’y-harakatlar bilan bunyod bo‘lgan ushbu dekorativ zal “Garri Potter” filmining barcha qismlarida, boshidan-oxirigacha “ishtirok etgan”.

2.  Sehrgarlik maktabi Xogvartsning kinodagi ko‘rinishini yaratish uchun 7 oy sarflangan. Uni yaratishda 40 nafar mutaxassis ishtirok etgan. Filmdagi Xogvarts saroyi dekoratsiyasini yaratgan Styuart Kreyg Britaniya kino akademiyasi mukofoti bilan taqdirlangan. 

3.  Garrining mashhur chandig‘ini grim ustasi, taxminan, 5800 marotaba chizgan ekan.   

4.  “Garri Potter va o‘lim sovg‘asi” qismidagi final jangi tasvirida eng ko‘p aktyor va ishtirokchilar qatnashgan. Filmning bu qismida 400 nafar o‘quvchi va ularning o‘qituvchilari ishtirok etgan.

5.  “Garri Potter”dagi har bir sehrli tayoqcha o‘ziga xos tarzda qo‘llanilgan. Ular orasidan ikkita bir xilini topa olmaysiz.  Hatto aka-uka egizak Uizlilarda ham...Negaki bosh qahramon bo‘lmish Garrining o‘zi ham tasvirga olish jarayonida 70 ta tayoqchani ishlatishga ulgurgan.

6.  Samolyot ishlab chiqarish texnologiyalari kinematograflar uchun filmda juda asqatgan. Uchar supurgilarning yengil va xavfsiz parvozi uchun titan qotishmali maxsus qurilmalar qo‘llanilgan. 

7.  “Garri Potter” bosh qahramoni Deniel Redkliffning filmdagi ko‘zoynagi uning tashrif qog‘oziga aylandi. Tasvirga olish vaqtida aktyor shunday ko‘zoynaklarning 160 ta juftini taqishga ulgurgan. 

8.  Garri Potter haqidagi har bir film tarixdagi eng yuqori kassabop 50 ta film qatoriga kiritilgan. 

9.  Kartinada nuqul Xogvarts hojatxonasida o‘ralashib yuradigan yig‘loqi qiz Plaksa Mirt yodingizdami? 13 yoshli qizaloq rolini aktrisa Shirli Xenderson ijro etgan. Garchi, ishonish qiyin bo‘lsa-da, tasvirga olish paytida u 37 yoshda bo‘lgan?

10.   Yozuvchi Joanna Roulingning aytishicha, “Garri Potter” asarini yozish fikri unga vokzalda poyezd kutib turgan vaqtida kelgan ekan.

11.   “Garri Potter” filmining oxirini ko‘rganmisiz? Unda Garri Potter Ron Uizlining singlisiga uylanadi. Aslida, asar muallifi Garri Potterning Germiona bilan qolishini juda istagan ekan, biroq...

12.   Sehrgarlik maktabi direktori Dambldorning xonasidagi olam-olam kitoblar, aslida, eskirgan “spravochnik”lardir.

13.   Filmdagi “Dementorlar”, aslida, yozuvchi Joannaning depressiyalari ramziy obrazini ifodalagan.

14.   Joanna Roulining “Garri Potter”i sabab dunyoda yangi o‘yin kviddich paydo bo‘lgan.

15.   Dambldor roliga film avvalida (1-qismda) Richard Xarris taklif etilgan edi. Ammo 2002-yilning avgustida aktyor tasodifan vafot etib qolgani sabab “ikkinchi” Dambldorni topishga majbur bo‘lishadi. “Yangi Dambldor” uchun irlandiyalik Maykl Gembon taklif qilingan.

16.   Filmda Garri yoqtirib qolgan osiyolik qizni eslasangiz kerak? Bu rol uchun 3000 dan ortiq aktrisa kastingda qatnashganini bilasizmi? Ular orasidan bu “baxt” filmdagi Chjou Chang rolini ijro etgan shotlandiyalik aktrisa Keti Lyu Lyungga nasib qilgan.

17.   Yovuz sehrgar Volan-de-Mortni burunsiz qilib tasvirlash uchun aktyorning burniga turli rangdagi nuqtalar chizilgan ekan. Mana shu belgilar kompyuterda keyinchalik qayta ishlash uchun marker bo‘lib xizmat qilgan. Yovuzning qolgan qo‘rqinchli ko‘rinishlari mahoratli grimchilar tomonidan yaratilgan.

18.   Filmdagi bahaybat Xagrid – aktyor Robbi Koltrey uchun bo‘yi 210 sm.li dublyorlar tanlab olingandi. Uni filmdagi kabi katta qilib ko‘rsatish uchun ikkita uy ham tanlangan: biri juda kichik bo‘lgani sabab uning oldida Xagrid juda katta bo‘lib ko‘ringan. Ikkinchisi esa normal kattalikda bo‘lib, unda uyning ichki qismlari tasvirga olingan.

19.   “Garri Potter” filmining tasvirga olish maydonchasida, albatta, tish shifokori bo‘lardi. Tish shifokoriga nima bor, dersiz? U tasvirga olish vaqtida bolalarning ko‘pida kuzatilgan tish sinishi yoki tushishi kabi holatlarda o‘z vaqtida yordam ko‘ratish uchun hamisha shay turgan. 

Nargiza Utepova tayyorladi.


Bu ham qiziq

Toshkentdagi Aviasozlar ko‘chasining bir qismi 20 kunga yopiladi

Toshkentdagi Aviasozlar ko‘chasining bir qismi 20 kunga yopiladi

Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi Aviasozlar ko‘chasida magistral issiqlik quvurlarini almashtirish ishlari olib bori…
09:33 / 10.07.2026
Isroil havo kuchlari Livan janubidagi hududlarga zarbalar berdi

Isroil havo kuchlari Livan janubidagi hududlarga zarbalar berdi

Isroil samolyotlari 11-iyul shanba kuni Livan janubidagi bir nechta hududlarga zarba berdi, deb xabar berdi Livan harbiy man…
16:09 / 11.07.2026
Rio Olimpiadasi chempioni YTHdan so‘ng mast holda ushlandi

Rio Olimpiadasi chempioni YTHdan so‘ng mast holda ushlandi

2016 yilgi Olimpiya chempioni, qozog‘istonlik bokschi Daniyar Yeleusinov Ostona shahrida mast holda avtomobil boshqarib, ikk…
10:11 / 10.07.2026
Ukraina Rossiya olib ketgan 2 368 nafar bolani vatanga qaytardi

Ukraina Rossiya olib ketgan 2 368 nafar bolani vatanga qaytardi

Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi boshlanganidan buyon majburan olib ketilgan 2 368 nafar ukrainalik bola o‘z vataniga qay…
12:01 / 10.07.2026
13-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

13-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
16:39 / 12.07.2026
Toshkentda 20 kg.dan ortiq narkotik moddalar musodara qilindi

Toshkentda 20 kg.dan ortiq narkotik moddalar musodara qilindi

DXX Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi va poytaxt IIBB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa virtual nark…
14:35 / 11.07.2026
Superkompyuter JCH g‘olibligi uchun taxminlarni yangiladi

Superkompyuter JCH g‘olibligi uchun taxminlarni yangiladi

“Opta” analitika kompaniyasi superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionatida g‘oliblik uchun asosiy favorit sifatida Fransiya…
12:57 / 12.07.2026
Yevropani jazirama qamradi: Ispaniyada halokatli yong‘inlar, Fransiyada favqulodda rejim

Yevropani jazirama qamradi: Ispaniyada halokatli yong‘inlar, Fransiyada favqulodda rejim

Eng og‘ir vaziyat Ispaniyaning Andalusiya mintaqasida qayd etilib, kamida 12 kishi halok bo‘lgan, yana 23 kishi bedarak yo‘q…
10:20 / 12.07.2026
Saida Mirziyoyeva Fransiyaning yetakchi kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Fransiyaning yetakchi kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva MEDEF International huzuridagi O‘zbekiston—Fransiya ishbilarmonlar ken…
09:28 / 10.07.2026
“Menga hurmatsizlik qilmang” – Messi

“Menga hurmatsizlik qilmang” – Messi

Messi portugaliyalik hakamga e’tiroz bildirdi.
17:03 / 12.07.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!