Namangan viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 2026-yil fevral, mart va aprel oylarida UZI xizmatlari bo‘yicha 416 nafar iste’molchidan navbatdagi qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazilmagan holda 34,3 mln so‘m asossiz undirilgani aniqlangan.
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tuman sog‘liqni saqlash bo‘limida 2024–2025-yillarda pulli tibbiy xizmatlar narxini belgilash tartibiga rioya etilmagani sababli bemorlardan qariyb 55,7 mln so‘m ortiqcha mablag‘ olingani ma’lum bo‘lgan. Navoiy viloyatidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi filialida esa 2023–2025-yillarda qariyb 35 mln so‘m ortiqcha undirilgani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Namangan, Samarqand va Navoiy viloyati hududiy boshqarmalari Maxsus komissiyalari tomonidan uchta tibbiyot muassasasiga nisbatan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilgan. Aniqlangan ortiqcha mablag‘larni fuqarolarga qaytarish belgilangan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!