Mahalliy ma’muriyat masjidning bir qismini olib tashlash rejasini 2028-yilda shaharda o‘tkaziladigan Simhastha Kumbh diniy tadbiriga tayyorgarlik bilan izohlagan. Rasmiylarga ko‘ra, ziyoratchilar harakatini yaxshilash uchun 900 metr uzunlikdagi yo‘lni kengaytirish rejalashtirilgan.
28-sentabr kuni masjidning yo‘l loyihasiga to‘g‘ri keladigan qismini olib tashlash ishlari boshlangach, asosan yoshlardan iborat guruh bunga qarshi chiqqan. Politsiya olomonga qarshi tayoq va ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan. Hodisa yuzasidan yettita jinoiy ish ochilgan.
Ujjayn okrugi rahbari Roshan Kumar Singxning aytishicha, Chhatri chorrahasi yaqinidagi masjidning faqat kichik bir qismi olib tashlanadi. 27-sentabr kuni musulmon jamoasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazilib, buzilishi kerak bo‘lgan qismlarni ularning o‘zlari olib tashlashiga kelishilgan.
Madhya-Pradesh Oliy sudi 9-sentabr kuni buzish rejasiga qarshi berilgan ikkita arizani rad etgan. Sud qarorida 2028-yilgi tadbir vaqtida ziyoratchilar oqimini boshqarish, zarur qulayliklarni yaratish va jamoat xavfsizligini ta’minlash zarurati qayd etilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!