Joriy yilning 19-avgustida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Latviya Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri, Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Latviya hukumatlararo komissiyasi hamraisi Kaspars Gerxards bilan uchrashdi.
Uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalardagi O‘zbekiston-Latviya hamkorligining bugungi holati hamda uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
K.Gerxards Latviya tomoni O‘zbekistonda jamiyatning barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.
Latviyaning yetakchi kompaniyalarini jalb etgan holda qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining Latviya bozoriga eksportini ko‘paytirish orqali iqtisodiy diplomatiyani faol ilgari surish yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda ikki davlatning xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi aloqalarining dolzarb masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!