O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berishicha, dunyodagi eng nufuzli oliy ta’lim dargohidan biri – Massachusetts texnologiya institutining markaziy Hayden kutubxonasida O‘zbekistonga bag‘ishlangan maxsus kitob burchagi – “Uzbek Books Collection Corner” tashkil etildi.
Mazkur burchakda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning asarlari, Yangi O‘zbekiston tarixi, jadidchilik harakati, milliy uyg‘onish davri, shuningdek, boy madaniy va ma’naviy merosimizni yorituvchi 120 dan ortiq ilmiy, tarixiy va badiiy asarlar jamlangan.
Qayd etilishicha, ushbu to‘plam MIT kutubxonasida xorijiy davlatlarga oid eng yirik jamlanmaga aylangan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!