$
11986.30 UZS
10.94
163.61 UZS
0.7
13937.67 UZS
-83.08
31° Kechasi 18°

Buxorodagi "kichik qiymat". Quvg‘indagi amir Olimxonning ayanchli qismati

14:05 / 30.04.2022

Bundan yuz yil oldin Turkiston o‘lkasida siyosiy inqiroz yuz berdi. Bolsheviklar amalga oshirgan inqilob Markaziy Osiyoga tezda yetib keldi. Xonliklar tugatilib, ularning o‘rniga alohida-alohida respublikalar qad rostladi.

1920-yil 2-sentabr kuni Buxoro amirligi tugatildi. Amir Olimxon va uning oilasi esa Afg‘onistonga qochib o‘tdi.

Xo‘sh, taxtdan voz kechgan amir Olimxonning keying hayoti qanday kechdi? Amir qanday xafot edi? Uning avlodlari bugun qayerda? Bugungi maqolamizda shular haqida ma’lumot beramiz.

Buxoro amirligining qulashi

1920-yilga kelib Buxoro amirligi Rossiya ta’sir doirasidan chiqib ketishi imkoniyatiga ega bo‘ldi. Biroq amir Olimxon jadal siyosiy islohotlar amalga oshirmagani uchun bu imkoniyat qo‘ldan boy berildi. 1920-yil boshida Bolsheviklar va ayrim yosh buxorolik jadidlar amirni taxtdan ag‘darish uchun harbiy harakatga kirishdi.

Lenin va Trotskiyning buyrug‘i bilan Buxoroni sovetlashtirish vazifasi ishonib topshirilgan Mixail Frunze 1920-yil 28-avgustda o’z armiyasi bilan Samarqandga keldi. Buxoro amirligiga to‘satdan shiddatli hujum uyushtirib, uni bosib olish rejasini Bolsheviklarning ishongan generali Mixail Frunze tuzib chiqdi. Rejaga ko‘ra, qizil armiya Buxoro amirligiga besh tarafdan hujum qilib, shaharni o‘rab olishlari kerak edi. Bolsheviklar Buxoro amirligini bosib olish uchun 10 ming zamonaviy qurollangan askar, 74 ta zambarak va 12 ta bombardimonchi samolyot yuborishdi. Sovetlar tez orada Chorjo‘y, Karmana, Kitob va Shahrisabz shaharlarini egallab olishgach, Buxoro shahri qursho‘vda qoldi. Buxoro shahrini o‘rab olgan rus qo‘shini zambaraklardan tinimsiz o‘q uzib, shaharni vayron qila boshladi. Ko‘chalar jasadlarga to‘lib ketdi. Xususan, amir Olimxon o‘zining “Buxoro xalqining hasrati tarixi” kitobida shunday yozadi.

“Bu urush asnosida dushman taxminan Buxoroning yarmini to‘p va pulemyotchilardan o‘qqa tutib, ko‘p falokat yetkazdi. Musulmon bechoralar dushman dastidan mol-dunyosini, farzandlarini tashlagancha nima qilarini bilmay, har tomonga qocha boshladilar. Shunga qaramay, bu bandayi ojiz to‘rt kecha-yu, to‘rt kunduz dushmanga qarshi urushdim, qattiq jang qildim. To‘p o‘qlarining ko‘pligi, bomba yog‘dirish natijasida Buxoro shahrida talafot va xarobaliklar ko‘payib ketdi”.

Voqealar guvohi bo‘lgan tarixchi Muhammad Ali Baljuvoniy o‘zining “Tarixi nafoe” asarida shunday yozadi.

“Qamal vaqtida 3000 ga yaqin hovli, 3000 dan ortiq do‘kon, 20 ta saroy, 29 masjid, 34 gumbaz yonib xarob bo‘lgan. Shahar qariyb 20 kun olov kabi yonib turgan. Buxoroning shu darajada xarob bo‘lganini hech bir tarix ko‘rmagan edi. Buxoroliklar bu kunlarni (kichik qiyomat) deb aytishdi. Hatto, zambaraklarning shovqinidan homilador ayollarning ko‘zlari yoridi”.

Amir Said Olimxon iloji boricha tarixiy obidalarni, muqaddas joylarni saqlab qolish va katta vayronagarchiliklarning oldini olish maqsadida Frunze huzuriga qushbegi Nasrullobiyni elchi qilib yuboradi. Amir Olimxon Frunzedan shaharni bombardimon qilmaslikni va xalqqa shafqat etishini so‘raydi. Frunze esa bunga javoban amir butun xazinani topshirib, shahardan chiqib ketishi lozimligini aytadi. Shunda ilojsiz qolgan amir juda katta bo‘lgan xazina ro‘yxatini Frunzega topshirib, Afg‘onistonga ketadi.

Buxoro shahrining Sovet qo'shinlari tomonidan bosib olinganidan so'ng holati

Surgundagi yillar

Said Olimxon taxtdan voz kechganidan so‘ng, dastlab amirlikning Sharqiy qismidagi tog‘larda mustahkam o‘rnashib, Buxoroni Bolsheviklar qo‘lidan qaytarib olishga urindi. Olimxon Hisor viloyatini o‘ziga qarorgoh qilib, 6 oy davomida qizil askarlarga qarshi kurashdi. Hisorda yangi hukumat tashkil qilib, buxorooliklarning qizil askarlarga qarshi olib borayotgan jang harakatlarini muvoffaqiyatlashtirishga intildi.

Olimxon Ko‘lob, Hisor va Dushanba atrofida katta miqdordagi kuchlarni birlashtirishga muvaffaq bo‘ldi. 1920-yilning noyabr oyi o‘rtalarida uning qo‘shinlari Boysun, Darband, Sherabodni qizil askarlardan ozod qildi. Olimxon ixtiyoriga Farg‘onadan yordamga yuborilgan 4 ming yigit ham Sharqiy Buxoroga yetib keldi. 1921-yil 8-yanvarida Olimxon qo‘shining miqdori 25 ming kishiga yetgan. Olimxon Bolsheviklarga qarshi kurashish uchun Afg‘oniston shohi Omonullaxondan yordam so‘raydi.

Omonullaxon amir Olimxonga shunday mazmunda xat yo‘llaydi:

“Dunyodagi musulmonlarning baxtsizligini ko‘rib, men shunday xulosaga keldim. Agar Afg‘oniston butunlay ozod bo‘lmasa, mening aziz o‘g‘lim hech qachon o‘z akasi, Buxoro amiri va boshqa musulmon birodarlar haqini to‘lay olmaydi”.

Bu maktub mazmunidan bilinadiki, afg‘on hukmdori o‘z davlatining mustaqilligidan xavfsirab amirga yordam bermaydi. Shundan so‘ng amir Olimxon Buyuk Britaniyadan yordam olishga intiladi. U bir vaqtning o‘zida Eron va Hindistonga o‘z odamlarini yuboradi. 1920-yilning noyabr oyida Hindistonga 15 nafar kishidan iborat ekspeditsiya jo‘natadi. Biroq bu jo‘natilgan missiya Xitoy hududida Qashqardan 140 mil g‘arbda joylashgan O‘zbel shahrida to‘xtatiladi. Jo‘natilgan ekspeditsiyaga Hindistonga kirishga ruxsat berilmadi. Amir Olimoxon shaxsan Buyuk Britaniya qiroli Gergiy V ga shunday maktub yo‘llagan edi;

“Umid qilamanki, mana shu og‘ir damda Janobi Oliylari menga o‘z mehr va iltifotlarini ko‘rsatib, menga davlat qarzi uchun 100 ming funt sterling, 20 ming qurol, 30 o‘q-dori va 10 ta samolyotni zarur jihozlar bilan do‘stona yordam sifatida yuborasalar. Qorategin orqali menga 2000 qurolli askar zudlik bilan yuborilsa, minnatdor bo‘lardim”.

Amirning yordam so‘rashi Buyuk Britaniyaga Hindiston orqali Markaziy Osiyoga harbiy yurish qilishga bahona bo‘ldi. Qizil Armiyaning Buxoro amirligiga bostirib kirishi, tabiiyki London xavotirga solgan edi. Biroq qisqa vaqt ichida Markaziy Osiyoda rus polklari paydo bo'ldi va ularning soni yildan-yilga oshib bordi. Bundan tashqari ko‘plab mahalliy aholi vakillari qizil armiya safiga borib qo‘shildi. Britaniya Birinchi jahon urushidan anchagina holdan toyib chiqqani bois, Buxoro ishlariga aralashmadi. Bundan tashqari Britaniyaning asosiy vazifasi Hindistonni saqlab qolish edi.

Hisordan Ko‘lob viloyatiga kelgan Olimxon butun qo‘shinlariga Ibrohimbekni oliy- bosh qo‘mondon (O‘rinbosarlar: Sharqiy Buxoroda – Davlatmanbek va G‘arbiy Buxoroda – mulla Abdulqahhor) qilib tayinlaydi. Biroq, bir qator janglarda mag‘lubiyatga uchragach, Olimxon 1921-yil 4-martida Amudaryoning Chubek kechuvidan Afg‘onistonga o‘tib ketadi.

Olimxonni Qobulga Afg‘oniston amiri Omonullaxon qabul qilib, doimiy yashashi uchun unga Qal`aiy Fotuda mahsus qarorgoh ajratib beradi. U Kobulda yashasa ham Buxorodagi ozodlik harakatiga g‘oyaviy jihatdan rahbarlik qilishda davom etdi. Qo‘rboshlar va ulamolarga turli maktublar hamda qimmatbaho sovg‘alar jo‘natib, ularni kurashga ilhomlantirdi. Olimxon Qobulda o‘zining estaliklarini yozib tugallaydi.

O‘lim

Amir Olimxonning yaqin vakili bo‘lgan Mirbadalevning yozishicha, amirning Qobulda boyligi uncha katta bo‘lmagan. Ya’ni amirda o‘zining shaxsiy xarajatlarini qoplay oladigan miqdorda mablag‘ bo‘lib, biroq bu mablag‘ keng ko'lamli harbiy harakatni moliyalashtirish uchun etarli emasdi. Shu bosi amir ruslarga qarshi kurashayotgan mujohidlarga asosan unvonlar va shaxsiy sovg‘alar berish bilan cheklangan.

Qo‘shni davlat hukmdorlarining Said Olimxonni qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortgani amirning qalbida chuqur g‘azab va umidsizlik uyg‘otdi. Uning behisob xazinalari Bolsheviklar qo‘liga o‘tib ketdi. Bundan tashqari Yevropa banklarida millionlab mablag‘lar shundoq qolib ketdi. Albatta, bu boyliklarni o‘ylamay bo‘ladimi?

Ma’lumotlarga ko‘ra, amir Olimxonga Afg‘onistondan tashqariga chiqishga ruxsat berilmagan. Hatto, hajga ketishiga ham ruxsat berilmagan. Amir Kobul daryosi bo‘yida o‘tirib, Buxoroi sharif haqida forscha she’rlar aytishni yaxshi ko‘rgan. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, amir Olimxon Bedilni sevib oʻqigan, bir necha xorijiy tillarda bemalol soʻzlasha olgan, musiqani sevgan. Omonulloxon tavallud kechasida pianino chalib, Gʻarb elchilarini lol qoldirgan.

Xonadon tarixini oʻrgangan va amir Olimxon haqida kitob yozgan Nuriddin Xotun oʻgʻli amir haqida shunday yozadi;

“Ha, Amir Olimxonning musbat va manfiy ishlari boʻlgan... Birinchidan oʻlkasini ishgʻoldan qutqarmagan. Urushda magʻlub boʻlib oʻlkasini tark qilgan. Bu toʻgʻri. Uni qahramon deya olmaysiz, ammo xoin ham emas. Xoin deganingizda boshqacha bir gap boʻlib qoladi. Oʻz tariximizga xoin yoki qahramon koʻzi bilan qarash toʻgʻri emas deb oʻylayman”.

Said Olimxon umrining oxirida ko‘zi ojizlanib, og‘ir dardga chalinadi. Uzoq davom etgan hastaliklardan so‘ng, 1944-yil 29-aprel kuni vafot etgan. Buxorning so‘ngi amiri Said Olimxon Kobul atrofidagi “Shahidoni islom” (islom shahidlari) qabristoniga dafn etilgan. Uning qabr toshiga shunday so‘zlar yozilgan;

“Vatansiz amir badbaxt va arzimas, o‘z yurtida o‘lgan tilanchi chinakam amirdir!”

Shahzoda Azimiy otasi Olimxonning vafotini shunday eslagaydi;

“Qiblagohim 1944-yilda Kobulda olamdan oʻtdilar. Oʻshanda men 13-14 yoshlarda edim. Menga: “Bolalarga qara, janoza paytida tashqariga chiqib, baqir-chaqir qilishmasin”,- deya topshiriq berdilar. Haramdan tashqarida, katta hovli boʻlardi. Oʻsha yerda qorilar yigʻilib, Qurʼon tilovat qilishardi. Otamni bir xonaga yuvib, oʻrab, yotqizib qoʻyishgandi. Ayollari chiqib ketgach, biz farzandlari saf tortib, birma-bir kirib, otamning qoʻllari va oyoqlarini oʻpib chiqdik. Otamning bosh vaziri Hoshimxon va yana bir qancha amaldorlar u yerda saf tortib turishardi. Padarimizni olib chiqishayotganda, meni bir narsa hayratga soldi. Yigʻlamagan odamning oʻzi qolmagandi. Janozaga hattoki Buxoro yahudiylari ham kelishgandi. Ular shunchalar koʻz yosh qilishar ediki, men koʻrib koʻzimga ishonmasdim. Odamlardan biri ulardan: “Siz nimaga yigʻlaysiz?” - deb soʻraganida, ular: “Axir u bizning podshohimiz edi”,- deb javob qaytarishgandi. Oʻsha kuni Afgʻonistonda bayroqlar yarim tushirildi, hatto, baʼzi elchixonalar bayroqlari yarim tushirilgandi”.

 

 

 


Qiziqarli


														
														JCh-2026 reklama bozori uchun 10,5 milliard dollar daromad keltirishi kutilmoqda

JCh-2026 reklama bozori uchun 10,5 milliard dollar daromad keltirishi kutilmoqda

Bu ko‘rsatkich 2022-yil Qatar chempionatiga nisbatan 1,1 foizga yuqori bo‘lsa-da, umumiy ta’sir dinamikasi pasayib borayotga…
18:04 / 21.03.2026

														
														“Safia” bir yilda 1,2 trln so‘m daromad olgan

“Safia” bir yilda 1,2 trln so‘m daromad olgan

2025-yili “Safia” brendi ostida faoliyat olib boruvchi “Madina-Qandolat” MChJ 1,2 trln so‘m daromad oldi. Bu haqda iHamkor.u…
15:39 / 19.03.2026

														
														Finlandiya sakkizinchi bor dunyoning eng baxtli mamlakati deb topildi

Finlandiya sakkizinchi bor dunyoning eng baxtli mamlakati deb topildi

Tadqiqotda insonlarning hayotdan qoniqish darajasi, ishonch, xavfsizlik va kelajakka ishonch kabi omillar baholangan. Mutaxa…
08:29 / 04.02.2026

														
														ChatGPT Yaponiyadagi kirish imtihonida eng yuqori ballni to‘pladi

ChatGPT Yaponiyadagi kirish imtihonida eng yuqori ballni to‘pladi

Bu haqda SI tizimlarini taqqoslagan LifePrompt kompaniyasi hisobotida qayd etilgan.
16:04 / 22.01.2026

														
														ChatGPT’ning bepul versiyalarida reklamalar paydo bo‘ladi

ChatGPT’ning bepul versiyalarida reklamalar paydo bo‘ladi

OpenAI kompaniyasi ChatGPT chatbotining bepul versiyasi va Go modeliga reklama kiritilishini e’lon qildi. Bu haqda OpenAI ra…
14:17 / 18.01.2026

														
														2026-yilda dunyoning eng boy insonlari ro‘yxati e’lon qilindi

2026-yilda dunyoning eng boy insonlari ro‘yxati e’lon qilindi

Dunyoning eng boy 20 nafar milliarderining jami sarmoyasi taxminan 3,8 trillion dollarni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich dunyod…
15:45 / 15.01.2026

														
														Endi ChatGPT odamlarga ish topishda ko‘maklashadi

Endi ChatGPT odamlarga ish topishda ko‘maklashadi

Ma’lum bo‘lishicha, yangi funksiya ChatGPT’ni kundalik vazifalarni hal qilishda universal ilovaga aylantirishga qaratilgan n…
17:22 / 14.01.2026

														
														Yandex Alisa endi o‘zbekcha gaplashadi

Yandex Alisa endi o‘zbekcha gaplashadi

Endi foydalanuvchilar Alisaga o‘zbek tilida savol berishlari mumkin va u ruscha yoki o‘zbekcha javob bera oladi.
09:45 / 24.09.2025

														
														Bugun “Iphone” yangi qurilmalarining taqdimoti bo‘lib o‘tadi

Bugun “Iphone” yangi qurilmalarining taqdimoti bo‘lib o‘tadi

Marosimda Iphone 17 modeli ham taqdim etilishi kutilmoqda
19:36 / 09.09.2025

														
														2024-yilda dunyo millionerlari soni 2,34 million kishidan oshdi

2024-yilda dunyo millionerlari soni 2,34 million kishidan oshdi

Bu haqda Knight Frank kompaniyasining yillik Wealth Report hisobotida keltirildi.
12:45 / 08.03.2025

Bu ham qiziq

O‘zbekiston ilk bor jahon moliya bozorida: milliy IPO orqali 600 million dollardan ortiq mablag‘ jalb qilindi

O‘zbekiston ilk bor jahon moliya bozorida: milliy IPO orqali 600 million dollardan ortiq mablag‘ jalb qilindi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” AJ (UzNIF) tarixda ilk bor o‘z aksiyalarini London va Toshkent fo…
10:18 / 16.05.2026
Koreyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Koreyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urganch shahri bo‘limi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorlig…
11:44 / 18.05.2026
Toshkentda 912 ta jarimasi bor Matiz aniqlandi

Toshkentda 912 ta jarimasi bor Matiz aniqlandi

Toshkent shahrida yo‘l harakati qoidalarini muntazam ravishda buzib kelgan Matiz haydovchisi aniqlandi.
16:56 / 16.05.2026
Olimpiada uchun boks bo‘yicha yangi vazn toifalari tasdiqlandi

Olimpiada uchun boks bo‘yicha yangi vazn toifalari tasdiqlandi

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi 2028-yil Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlari uchun boks bo‘yicha yangi vazn toifala…
16:44 / 16.05.2026
Toshkent viloyatida katta miqdordagi giyohvandlik vositasi noqonuniy muomaladan olin

Toshkent viloyatida katta miqdordagi giyohvandlik vositasi noqonuniy muomaladan olin

Bugungi kunda dunyo miqyosida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishi transmilliy jinoyatchilikning eng xavfli ko‘ri…
08:39 / 16.05.2026
Toshkent viloyatida motosikl 15 yoshli qizni urib ketdi

Toshkent viloyatida motosikl 15 yoshli qizni urib ketdi

Toshkent viloyati Olmaliq shahrida motosikl ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
11:14 / 16.05.2026
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ozarbayjonga boradi

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ozarbayjonga boradi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 17–18-may kunlari Boku sha…
15:17 / 17.05.2026
Xorazm va Qoraqalpog‘istonda kuchli shamol batutlarni uchirib yubordi

Xorazm va Qoraqalpog‘istonda kuchli shamol batutlarni uchirib yubordi

Kecha Xorazm va Qoraqalpog‘iston hududlarida kuzatilgan kuchli shamol oqibatida turli favqulodda holatlar yuzaga kelgani ayt…
10:09 / 18.05.2026
“Energosavdo” yuriskonsultiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

“Energosavdo” yuriskonsultiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning “Energosavdo” filiali Andijon bo‘linmasi yetakchi yuriskonsulti pishloq ishlab chiqarish …
07:14 / 18.05.2026
O‘zbekistonda tirik baliq, qo‘y, sigir, echki va asalarilarga soliq imtiyozi beriladi

O‘zbekistonda tirik baliq, qo‘y, sigir, echki va asalarilarga soliq imtiyozi beriladi

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ayrim turlari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) bo‘yicha imtiyozlar ken…
15:26 / 18.05.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!