Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida Cobalt avtomobili elektroskuter bilan to‘qnashishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Hodisa 9-oktyabr kuni Mirkan mahallasi hududidan o‘tuvchi 4K-560 avtomobil yo‘lining 14-kilometrida sodir bo‘lgan. Bu haqda viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Cobalt haydovchisi Mirkan—Misit yo‘nalishida harakatlanayotib, yo‘lning o‘ng tomonidan to‘satdan chiqib qolgan velosipedchini urib yubormaslik uchun rulni chapga burgan. Natijada avtomobil qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, qatnov qismining chap chekkasi bo‘ylab harakatlanayotgan elektroskuter bilan to‘qnashgan.
To‘qnashuv oqibatida elektroskuterdagi bir nafar yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘lgan. Elektroskuter haydovchisi va yana bir yo‘lovchi shifoxonaga olib borilgan. Biroq yo‘lovchilardan biri ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, shifoxonada vafot etgan.
Holat yuzasidan Paxtachi tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!