“Manchester Siti” va Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Xoland Norwegian Air Shuttle aviakompaniyasini sudga berdi. Da’vo Xoland hamda Britaniyan ing York Promotions Ltd kompaniyasi nomidan Oslo tuman sudiga kiritilgan. Bu haqda Goal xabar berdi.
Nizoga aviakompaniyaning ijtimoiy tarmoqlarda Jahon chempionati vaqtida e’lon qilgan reklamasi sabab bo‘lgan. Unda Norwegian samolyoti tasviriga Xolandning o‘ziga xos sariq soch turmagi — dumch asi raqamli tarzda qo‘shilgan va “Biz hech qachon bunday norvegiyalikni ko‘rmaganmiz” degan yozuv joylashtirilgan.
Reklama postlari keyinchalik o‘chirib tashlangan. Norwegian vakillari mazkur materialni hazil va futbolchiga muxlislik ifodasi sifatida izohlagan. Kom paniya matbuot vakili Eyvind Xammer Myure suddan chaqiruv olinganini tasdiqlagan.
Bergen universiteti professori Tore Lunde Xolandning da’vosi huquqiy jihatdan asosli bo‘lishi mumkinligini bildirgan. Mutaxassislar Norvegiya qonunchiligida sportchilarning tashqi ko‘rinishi va shaxsiy imijidan tijoriy ma qsadlarda ruxsatsiz foydalanishga cheklovlar mavjudligini ta’kidlamoqda.
Ish bo‘yicha dastlabki videokonferensiya 9-oktyabr kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!